Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Tailand poytaxti Bangkokda so'nggi uch kun davomida yog'ingarchilik tufayli kuchli suv toshqini yuz berdi. Shaharning barcha 50 tumanda favqulodda holat e'lon qilindi. Hokimiyat vakillari suv toshqini hayot uchun xavf tug'dirishini ma'lum qildi.

Bangkok gubernatori Chadchart Sittipuntning so'zlariga ko'ra, shaharning sharqiy qismlari eng ko'p zarar ko'rgan. Payshanba kuni tushdan keyin deyarli 300 millimetr (11,8 dyuym) yomg'ir yog'gan va yana yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Gubernator ijtimoiy tarmoqlarda: "Yomg'ir to'xtamayapti, biz qo'limizdan kelganini qilyapmiz. Suvni chiqarishga harakat qilyapmiz, ammo kanallardagi suv to'lib ketgan", - dedi.

U kanallar bo'yidagi aholiga mol-mulkini balandroq joyga ko'chirishni maslahat berdi. "Xavfli hududlar - kanallar yaqinida yashovchilar. Hozir har bir kanal to'lgan", - deya qo'shimcha qildi u. Shuningdek, gubernator hayotiy muhim tibbiy uskunalarga bog'liq bo'lgan yotoqda yotgan bemorlarga vaqtincha kasalxonada qolishni taklif qildi.

Mahalliy savdogar Somkid Pheuk-ngam AFP axborot agentligiga shunday dedi: "Suv kelishda davom etmoqda. Hozir tashqariga chiqish qiyin. Suv belimga yetib keldi. Men hech qaerga borolmayman. Do'konimni ikki kundan beri yopib qo'ydim". U tez-tez suv toshqiniga duchor bo'lishini, ammo "bu safar 2011 yildagi toshqindan ham yomonroq" ekanligini aytdi.

2011 yilda Tailandda yuz bergan suv toshqini 500 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo'lgan va millionlab uylarga zarar yetkazgan. Tailand Meteorologiya departamenti yakshanbaga qadar mamlakatning aksariyat qismida kuchli yomg'ir davom etishini ogohlantirdi. Markaziy mintaqada kuchli past bosim tizimi hukmronlik qilmoqda va musson sharoitini kuchaytirmoqda.

Source: www.dw.com