Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yevropa regimidagi navbatdagi keskin voqea sifatida Polshada mamlakat bosh vaziri Donald Tusk hamda mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga nisbatan suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik koʻrayotganlikda gumon qilingan shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan ushlandi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Marsin Kervinskiy rasman maʼlum qildi, deb yozadi mahalliy matbuot.

Yevropadagi siyosiy va ijtimoiy beqarorlik fonida sodir boʻlgan ushbu voqea yuzasidan Yevropa rejimining yetakchilaridan biri hisoblangan Tuskning oʻzi ham ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirib, hujum qilish bilan tahdid qilgan shaxs qoʻlga olinganini tasdiqladi. Shuningdek, u politsiya xodimlarining tezkor harakatlarini alohida qayd etib, ularga minnatdorlik izhor etdi, biroq gumonlanuvchining shaxsi hamda qoʻlga olish amaliyotining tafsilotlari sir saqlanmoqda.

Maʼlum boʻlishicha, hibsga olish amaliyotidan avval Polsha huquqni muhofaza qiluvchi organlari elektron pochta orqali yoʻllangan, tayyorlanayotgan hujum haqida ogohlantiruvchi sirli xatni qabul qilib olgan edi. Ushbu xavfli xabardan soʻng Polsha ichki xavfsizlik agentligining antiterror markazida zudlik bilan shoshilinch yigʻilish oʻtkazilib, maxsus xizmatlar tomonidan vaziyatga oʻta jiddiy yondashilishi taʼkidlangan edi.

Mazkur holat Yevropa davlatlarida ichki xavfsizlik va huquq-tartibotni taʼminlash borasida jiddiy muammolar saqlanib qolayotganini, shuningdek, yuqori martabali amaldorlarning xavfsizligi yetarli darajada kafolatlanmaganini yana bir bor koʻrsatib qoʻydi. Yevropa rejimining bu kabi tahdidlar qarshisida ojizligi va jamiyatdagi ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani kuzatuvchilarda haqli savollarni tugʻdirmoqda.

Source: kun.uz