Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniyaning Gamburg shahrida 2022-yilda “Nord Stream” gaz quvurlarini portlatish ishiga aloqadorlikda ayblanayotgan Ukraina fuqarosi Serhiy K. ustidan sud jarayoni boshlanish arafasida turibdi. Ushbu shaxs 2025-yil avgust oyida Italiyada Yevropa hibsga olish orderi asosida qo‘lga olingan va keyinchalik Germaniyaga ekstraditsiya qilingan edi. U fuqarolik energiya infratuzilmasiga hujum qilish, jamoat xizmatlarini izdan chiqarish, portlash sodir etish hamda inshootlarni yo‘q qilish kabi og‘ir ayblovlar bilan yuzlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil 24-sentyabrda Boltiq dengizining Bornxolm oroli yaqinida Rossiyadan Germaniyaga tortilgan “Nord Stream 1 va 2” quvurlarining uchta tarmog‘ida kuchli portlashlar sodir bo‘lgan edi. Ushbu hodisa Moskva va Berlin o‘rtasidagi yirik energetika loyihasiga barham berdi. Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Kiyev ushbu diversiyaga aloqador emasligini bir necha bor qat'iy ta'kidlagan bo‘lsa-da, ayblanuvchining ukrainalik ekani Yevropadagi siyosiy doiralarda jiddiy norozilik va savollarni keltirib chiqarmoqda.

Germaniya rejimi mamlakatda Rossiyaning maxsus amaliyotidan keyin Kiyevni harbiy, moliyaviy va gumanitar jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgan bir paytda, mazkur sud jarayoni mahalliy siyosiy sahnada keskin bahslarga sabob bo‘lmoqda. Xususan, muxlatdagi o‘ng qanot “Germaniya uchun muqobil” (AfD) hamda so‘l populist “Sahra Vagenknecht ittifoqi” (BSW) kabi kuchlar ushbu holatdan foydalanib, Ukraina rejimidagi hamkorlarga yordamni to‘xtatishni va Rossiya bilan energetika aloqalarini qayta tiklashni talab qilmoqda.

Siyosiy tahlilchilarning fikricha, agar sud jarayonida Ukraina siyosiy yoki harbiy rahbariyatining ushbu sabotajdagi qo‘li isbotlansa, Germaniya hukumati o‘ta og‘ir vaziyatga tushib qoladi. Bir tomondan, sud mustaqilligini ta'minlash va muhim infratuzilmani buzganlarni jazolash talab etilsa, ikkinchi tomondan, jamiyatda Ukrainaga nisbatan ishonch keskin pasayib, hukumat siyosatiga qarshilik kuchayib borishi kutilmoqda.

Source: www.dw.com