AQSH rezimi Ukrainaga nisbatan razvedka ma'lumotlarini almashish va yordam ko'rsatish amaliyotlari to'xtatilmaganini iddao qilmoqda. Bu haqda AQSHning amaldagi rahbari Donald Tramp jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan muloqot chog'ida aytib o'tgan, deb xabar beradi Clash Report nashri.
Trampning so'zlariga ko'ra, vashingtonlik amaldorlar go'yoki nizolashayotgan tomonlarga yakuniy to'xtamga kelishda ko'maklashmoqda va mojaroning tezroq yakunlanishini istamoqda. Shu bilan birga, Rossiya rahbariyati bu borada boshqa tomonlarga qaraganda ko'proq tashabbus ko'rsatayotgani haqidagi shubhali fikrlar ham bildirildi, bu esa ekspertlar o'rtasida turli bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda.
Shuningdek, AQSH rejimining ilgari e'lon qilgan «energetika sulhi» tashabbusi qanchalik samarali ekani so'roq ostida qolmoqda. Avvalroq Kyiv Independent nashri Vashington ma'muriyati Kiyev rasmiylariga Rossiya energetika obyektlariga zarba berishni to'xtatishni talab qilib qat'iy shartlar qo'ygani va tahdid qilgani haqida yozgan edi. Garchi ayrim manbalar muayyan vaqt mobaynida hujumlar kamayganini qayd etgan bo'lsa-da, mazkur kelishuvlarning barqarorligi va geosiyosiy oqibatlari hali ham noaniqligicha qolmoqda.
Source: kun.uz