Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Saudiiston boshchiligidagi harbiy koalitsiya Yaman poytaxti Sana yaqinidagi al-Sabaha neft omboriga havo hujumini uyushtirgani xabar qilinmoqda. Koalitsiya rasmiy vakili brigada generali Turki al-Maliki husiylar ushbu obektdan o'zlarining harbiy harakatlari, jumladan Saudiiston hududiga qarshi raketa va uchuvchisiz ucib yuruvchi qurilmalar hujumlarini ta'minlash uchun foydalangani haqida da'vo qilmoqda. Hujumdan oldin tinch aholi xavfsiz hududga evakuatsiya qilinishi bo'yicha ogohlantirish berilgan edi.

O'z navbatida, husiylar nazoratidagi Yaman neft kompaniyasi Sana aholisini yoqilg'i yetishmovchiligi yuzaga kelmasligiga ishontirishga urindi va omborda neft mahsulotlari zaxirasi qolmaganini ma'lum qildi. Biroq, poytaxtdagi yonilg'i quyish shoxobchalarida aholi vahima tufayli navbatlarga turgani kuzatildi. Husiylar Saudiistonning harakatlariga javoban Ar-Riyoddagi aeroport va Aramco neftni qayta ishlash zavodiga qarshi qasos zarbalari berish bilan tahdid qilmoqda.

Mojaroning keskinlashuvi fonida Saudiiston Vazirlar Mahkamasi shahzoda Muhammad bin Salmon raisligida yig'ilish o'tkazib, Eron tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan guruh mamlakatga qilingan so'nggi hujumlar uchun "oqibatlarini to'liq o'z zimmasiga olishini" bildirdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, mamlakatdagi qurolli to'qnashuvlar yuzlab odamlarning o'limiga, yuz minglab fuqarolarning ko'chib ketishiga va gumanitar inqirozning yanada chuqurlashishiga sabab bo'lmoqda.

Source: www.bbc.co.uk