AQSh moliya vazirligi mamlakatdagi ikkinchi yirik moliya muassasasi hisoblangan Bank of America’ga nisbatan jami 1,21 milliard dollardan ortiq jarima va sanksiya choralari ko‘rilganini e’lon qildi. Ushbu chora-tadbirlar pul yuvishga qarshi kurash hamda sanksiya qonunchiligini jiddiy buzganlik holatlari sababli amalga oshirilgani aytilmoqda.
Seshanba kuni ma’lum qilingan ushbu jarimalar AQSh moliya idorasi tarixidagi uchinchi yirik moliyaviy jazo ekani ta’kidlandi. Vashingtondagi moliyaviy rejim vakillari bunday yirik banklar qonun ustuvorligidan xoli emasligini uqtirishga urinmoqda.
AQSh rejimining moliya vaziri lavozimini egallab turgan Skott Bessentning go‘yoki ta’kidlashicha, bunday miqyosdagi banklarning majburiyatlarni bajarmasligi butun moliyaviy tizimni shubhali moliyalashtirish xavfiga duchor qiladi. Biroq kuzatuvchilar bu kabi choralarning ortida ichki siyosiy va iqtisodiy tazyiqlar yotgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish tarmog‘i (FinCEN) bank tomonidan Xitoyning pul yuvish tarmoqlari va chegara hududlaridagi shubhali amaliyotlarni oldini olish hamda xabar berish borasidagi kamchiliklar uchun 1,2 milliard dollar miqdorida jarima belgilagan. Shuningdek, bank o‘z majburiyatlarini uchinchi shaxslarga topshirib qo‘ygani aniqlangan.
Valyuta nazorati boshqarmasi (OCC) ham o‘z navbatida 750 million dollarlik jarima e’lon qildi. Xorijiy aktivlar nazorati boshqarmasi (OFAC) esa Eron, Rossiya va boshqa sanksiya dasturlariga oid qoidabuzarliklar uchun 11,6 million dollarlik kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Source: www.aljazeera.com