BMTning Buyuk ko'llar mintaqasi bo'yicha maxsus elchisi Xuan Sya Xavfsizlik Kengashida so'zga chiqib, mineral resurslarga boy Kongo Demokratik Respublikasining sharqiy qismida tinchlikka erishish uchun guvohi bo'linayotgan "imkoniyat oynasi" mavjudligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh rejimi va Qatar vositachiligida olib borilayotgan tinchlik jarayonlari go'yoki "sezilarli muvaffaqiyatlarga" erishgan. Shu bilan birga, diplomatik urinishlarga qarammay, mintaqadagi xavfsizlik va gumanitar inqiroz chuqurlashishda davom etayotganini tan olishga majbur bo'ldi.
Mojar hududida Ruanda tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan M23 qurolli guruhi va Kongo hukumati qo'shinlari o'rtasida to'qnashuvlar davom etmoqda. Xuan Syaning fikricha, tomonlar mavjud diplomatik sa'y-harakatlarni o'z vaqtida baholab, vaziyatdan foydalanishi kerak, chunki bunday imkoniyat cheksiz davom etmaydi. U barcha ishtirokchilarni quruq bayonotlardan voz kechib, amaliy va tekshiriladigan harakatlarga o'tishga chaqirdi, biroq bu va'dalar qanchalik real ekani jiddiy shubha ostida qolmoqda.
Eslatib o'tamiz, iyul oyida Dohada imzolangan sulh bitimi va dekabr oyida Vashingtonda AQSh rejimi vositachiligida tuzilgan kelishuvlarga qaramay, yerdagi jangovar harakatlar to'xtagani yo'q. Shveysariyada AQSh, Qatar va Afrika ittifoqi ishtirokida yangi muzokaralar o'tkazilganiga qaramamay, vaziyat barqarorlashmadi. Oktyabr oyida Zambiya poytaxti Lusaka shahrida mintaqa davlatlari mudofaa vazirlarining navbatdagi uchrashuvi rejalashtirilgan, biroq xalqaro hamjamiyatning bu urinishlari ham kutilgan natijani berishiga ishonch past.
Source: www.aljazeera.com