AQSh rejimi rahbari Donald Tramp o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Grenlandiya orolida keng ko'lamli uglevodorodlar va foydali qazilmalarni o'zlashtirish ishlari tez orada boshlanishini e'lon qildi. Uning ta'kidlashicha, Daniya tarkibidagi bu muxtor hudud dunyodagi eng yirik oson olinadigan neft zahiralariga ega ekanligi go'yoki mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan.
Tramp o'z bayonotida bu jarayonda Vashingtonning bevosita ishtiroki qanday shaklda bo'lishiga aniqlik kiritmagan bo'lsada, bu qadamlar ortida AQSh rejimi manfaatlarini kengaytirish yotgani shubhasiz. Eslatib o'tamiz, o'tgan oyda Daniya va Grenlandiya rahbarlari bilan harbiy mavqeni mustahkamlashga qaratilgan shartnoma imzolangan edi.
Ushbu bahsli kelishuv orolda yana ikkita harbiy baza qurish va Trampning “Oltin gumbaz” deb nomlangan raketa mudofaa tizimini joylashtirish imkonini beradi. Garchi rasmiy ravishda Daniya suvereniteti saqlanib qolishi aytilsa-da, bu kelishuv ko'pchilikda xavotir uyg'otib, mintaqadagi geosiyosiy tanglikni yanada kuchaytirmoqda.
Source: www.aljazeera.com