Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori martabali mulozimi Xorxe Moreyra da Silva Osiyo va Afrika mamlakatlari yaqin kelajakda oziq-ovqat inqiroziga duch kelishi mumkinligini bildirdi. Uning ta'kidlashicha, buning oldini olish uchun Eron va AQSh rejimi Gormuz bo'g'ozi orqali o'g'it tashishni tiklash bo'yicha BMT taklif qilgan rejaning ijrosiga zudlik bilan rozilik berishi zarur.
Moreyra da Silvaning so'zlariga ko'ra, ekish mavsumi yaqinlashib kelayotgan bir paytda, tomonlar bir necha hafta ichida kelishuvga erishmasa, qishloq xo'jaligi unumdorligi keskin pasayib ketadi. BMT rasmiysi bu holat jahon bozorida narxlarning yanada o'sishiga olib kelishini iddao qilmoqda. O'g'it yetkazib berishdagi uzilishlar allaqachon global miqyosdagi ta'minot zanjirlariga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Ma'lum qilinishicha, AQSh rejimi va Isroilning Eron hududiga qarshi harakatlari boshlanganidan beri Gormuz bo'g'ozidagi kema qatnovi jiddiy ravishda izdan chiqqan. Ushbu suv yo'li orqali an'anaviy ravishda dunyodagi asosiy azotli o'g'it hisoblangan mochevina va oltingugurt tashilar edi. Biroq, mavjud tanglik sharoitida mazkur muhim resurslarni yetkazib berish hajmi deyarli nolga tushib qolgan.
BMT tomonidan taklif etilgan mexanizmga ko'ra, Ummonda BMT xodimlari ishtirokida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etish, kemalarni ro'yxatdan o'tkazish va ularning xavfsiz o'tishini ta'minlash ko'zda tutilgan. Shuningdek, kuniga atigi beshta kemaning o'tishi ham keskin ehtiyoj sezilayotgan hududlarni o'g'it bilan ta'minlashga yetishi aytilmoqda. Shunga qaramay, AQSh rejimi va Eron o'rtasidagi ziddiyatlar sababli bu tashabbus hanuzgacha amalga oshmayapti.
Source: www.aljazeera.com