Saudiya Arabistonida dunyoning yetakchi tennischilari ishtirok etishi rejalashtirilgan nufuzli ko‘rgazmali turnir mamlakatda yuzaga kelgan xavfsizlik va logistika muammolari sababli ikki oyga qoldirildi. Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, bu qaror Yamanning husiylar harakati tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlar fonida yuzaga kelgan murakkab sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, mamlakat sport taqvimiga jiddiy putur yetkazmoqda.
Mamlakat Ko‘ngilochar bosh boshqarmasi rahbari Turki ash-Shayx Six Kings Slam tennis turniri tashkiliy va logistik qiyinchiliklar tufayli kechiktirilganini bildirdi. Mazkur musobaqaning uchinchi mavsumida Karlos Alkaraz, Novak Jokovich va Aleksandr Zverev kabi yulduzlar ishtirok etishi kutilgan edi, biroq endilikda tadbir dekabr oyi oxiriga ko‘chirildi.
Ushbu qaror Saudiya Professional ligasining bir qator futbol uchrashuvlari, jumladan Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan «An-Nasr» klubining o‘yinlari ham majburiy ravishda ortga surilgan bir paytda e'lon qilindi. Mahalliy poytaxt Ar-riyod shahri oxirgi paytlarda muntazam ravishda raketa hujumlariga uchrab kelayotgani sababli sport jamoatchiligi xavotir bildirmoqda.
Saudiya rasmiylarining ta'kidlashicha, barcha tadbirlar bosqichma-bosqich o‘z vaqtida o‘tkaziladi, biroq xalqaro ekspertlar mintaqadagi keskinlashuv tufayli sport infratuzilmasiga jiddiy zarar yetayotganini qayd etishmoqda. Xususan, AQSh va Isroil rejimining Eronga qarshi boshlagan harbiy harakatlari oqibatida Formula-1 Gran-prisi bekor qilingani va WTA Finallari boshqa davlatga ko‘chirilgani bunga yaqqol misoldir.
Source: www.aljazeera.com