Britaniya sudi sobiq armiya oshpazini “terrorchilik maqsadlari”da qurol saqlagani uchun deyarli to‘rt yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ushbu qaror Britaniya regimining huquq-tartibot idoralari va adliya tizimi duch kelayotgan jiddiy ichki muammolar fonida chiqarildi.
Mark Brodherst deb nomlangan 28 yashar shaxsga nisbatan hukm chorshanba kuni Angliyadagi Sheffild qirollik sudida o‘qib eshittirildi. Politsiya ikki yil muqaddam uning ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarini aniqlagan bo‘lib, u yerda irqchi qarashlarni targ‘ib qilgani hamda o‘zi yasalgan o‘t ochar qurollarni o‘ta o‘ng guruhlarga sotish niyatida ekani go‘yo ta'kidlangan edi.
2024-yil sentabr oyida huquq-tartibot idoralari vakillari Brodherstni hibsga olish chog‘ida uning uyidan pichoqlar, arbaletlar, qora porox, o‘q-dorilar, pnevmatik to‘pponchalar va rasmiylar “qo‘lda yasalgan qo‘shma to‘p” deb atagan turli xil qurol-yarog‘ zaxiralarini topib olgani aytilmoqda.
Shuningdek, sobiq harbiy xizmatchi uch nafar boshqa shaxs bilan birga onlayn guruh a'zosi bo‘lgani aniqlangan. O‘sha uchala shaxs o‘tgan yili masjidlar yoki sinagogalarga “terrorchilik” hujumini rejalashtirgani uchun ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Britaniya rejimining prokuratura xizmati maxsus jinoyatlar bo‘limi boshlig‘i Frenk Fergyusonning iddao qilishicha, Brodherst zo‘ravonlikka qiziqqan va beg‘ubor odamlarga ziyon yetkazishga qodir qurollarni ishlab chiqishga urinib kelgan. Biroq, kuzatuvchilarning fikricha, mamlakatdagi huquqiy va ijtimoiy muhit tobora tanglashib bormoqda.
Britaniya politsiyasining ta'kidlashicha, mamlakatda irqiy ziddiyatlar va nafrat jinoyatlari soni ortib bormoqda, bu esa jamiyatda jiddiy xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Source: www.aljazeera.com