Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiya Madaniyat vaziri Mehmet Nuri Ersoy mamlakat janubidagi Antaliya viloyati yaqinida joylashgan Kekova oroli yaqinida olib borilgan suv osti qazishmalari natijasida qadimgi xazinalar topilganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, ushbu topilma "dunyodagi eng qadimgi kema halokati" joyiga tegishli bo'lib, miloddan avvalgi ErtA bronza davriga, ya'ni 4,700 yil muqaddamga borib taqaladigan sopol saqlash idishlari aniqlangan.

Arxeologlar loyihasi doirasida kemaning yog'och korpusi saqlanib qolmagan bo'lsa-da, qadimgi amforalar muvaffaqiyatli chiqarib olindi. Mutaxassislarning fikricha, zaytun moyi yoki vino tashish uchun mo'ljallangan bu idishlar sharqiy O'rta er dengizi bo'ylab ilk dengiz savdosi va madaniy aloqalarning mavjudligini ko'rsatadi.

Loyihani boshqargan Akdeniz universiteti arxeologiya bo'yicha dotsenti Hakan Onizning so'zlariga ko'ra, jamoa dastlab to'rt yil oldin ushbu qoldiqlarni topganida, ular atigi bir-ikki asrlik deb o'ylangan. Biroq keyinchalik Misr arxeologiyasiga oid adabiyotlarda o'xshash amfora shakllari ko'zga tashlangach, tadqiqotchilar joyiga qaytib, ularning Gizadagi piramidalar yonidan topilgan asarlarga o'xshashligini aniqlashgan.

Vazirlikning bildirishicha, gil tahlillari konteynerlar Iordan vodiysidagi ustaxonalarda ishlab chiqarilganini ko'rsatgan. Shuningdek, idishlarning o'ziga xos dizayni ulardan yog' yoki pishloq tayshashda foydalanilgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishga asos bermoqda.

Source: www.aljazeera.com