Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining suvosti kemalariga qarshi aviatsiya tizimlari operatori va o'zini harbiy tahlilchi deb atovchi Shon Spunts sovet suvosti kemalarining ayrimlari hurmat, boshqalari esa qoʻrquv uygʻotganini iddao qildi. Uning ta'kidlashicha, ushbu baholar shaxsiy tajriba va tahlillarga asoslangan boʻlib, AQSH regimi Harbiy-dengiz kuchlarining rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi.

19fortyfive nashrida chop etilgan maqolada Spunts sovet suvosti flotining imkoniyatlarini yuqori baholagan. Jumladan, u hurmatga sazovor kemalar qatorida 670-loyihaga mansub «Skat» suvosti kemalarini tilga oldi. NATO tasnifida Charlie deb atalgan ushbu kemalar aviatashuvchiga qarshi sakkizta oʻrta masofali qanotli raketa uchira olish quvvatiga ega boʻlgan va turli turdagi nishonlarga qarshi kurashishda qoʻllanilgan.

Shuningdek, tahlilchi 671RTM/RTMK «SHCHuka» loyihasiga mansub atom suvosti kemalari amerikalik harbiylarda jiddiy xavotir uygʻotganini bildirdi. NATO tasnifida Victor III deb ataluvchi ushbu submarinalar o'zining yashirin harakatlanish imkoniyatlari bilan ajralib turgan.

Maqola muallifi 1974–1984-yillarda Amerika suvosti kemalari va USS Kitty Hawk aviatashuvchisining sovet submarinalari bilan toʻqnashgan holatlarini eslab o'tdi. Uning fikricha, bunday hodisalarni faqatgina ekipajlar mahorati yetishmasligi bilan izohlash notoʻgʻri boʻlib, sovet komandirlari o'z texnikasining imkoniyatlariga haddan tashqari tayanib, xavfli darajada yaqinlashishga jurʼat etgan.

Source: kun.uz