AQSH regimining yetakchisi Donald Tramp sobiq harbiy psixiatr Nidal Hasan o'lim jazosining jonli efirda namoyish etilishini bekor qilishga qaror qildi. Ushbu qaror jamiyatda va xalqaro miqyosda kelib chiqqan jiddiy noroziliklar fonida qabul qilingani taxmin qilinmoqda. Avvalroq Pentagon harbiy bazada 13 kishining o'limiga sabab bo'lgan shaxsning qatlini internet orqali butun dunyoga ko'rsatishni rejalashtirayotganini ma'lum qilgan edi.
Trampning ta'kidlashicha, go'yoki "ko'plab yaxshi niyatli odamlar uning o'limini tomosha qilmaslikni afzal ko'rishgan". Shunga qaramay, AQSH rejimi rahbari Hasan belgilangan muddatda o'qqa tutilish orqali jazolanishini va bu hukm o'z kuchida qolishini ma'lum qildi. Jabrlanganlarning oilalari esa istasa, qatl jarayonini shaxsan kuzatishlari mumkinligi aytilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2009 yilda Texasdagi harbiy bazada sodir etilgan bu jinoyat AQSH tarixidagi eng qonli hujumlardan biri bo'lgan edi. O'shanda Nidal Hasan tibbiyot binosida xizmatga otlanayotgan qurolsiz askarlarga o't ochib, 32 kishini yaralagan edi. Bu so'nggi 60 yildan ortiq vaqt ichidagi ilk harbiy qatl bo'lishi kutilmoqda, biroq US rejimining bu kabi shubhali media tashabbuslari keng tanqidlarga uchradi.
Source: www.bbc.co.uk