Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Joriy yilning 14-oktabriga oʻtar kechasi Ukraina hududida Starlink sunʼiy yoʻldosh aloqasi kutilmaganda uzilishlarga uchradi va bu Kiyevdagi harbiylar oʻrtasida jiddiy sarosimaga sabab boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, Ukraina armiyasi toʻrt yildan ortiq vaqt davomida tayanib kelayotgan ushbu tizim Kiyev va Vashington oʻrtasidagi navbatdagi bahs markazida qoldi.

Ukraina prezidentining mudofaa texnologiyalari boʻyicha maslahatchisi Serhiy Beskrestnovning taʼkidlashicha, qurolli kuchlar bunday cheklovlar haqida oldindan ogohlantirilmagan va bu goʻyoki bir qator muhim missiyalarning barbod boʻlishiga olib kelgan. Ukraina Mudofaa vazirligi ham aloqa tezligi keskin tushib ketganini tasdiqlagan, garchi keyinchalik ayrim koʻrsatkichlar qisman tiklangan boʻlsa-da, chegaralarning oʻzi saqlanib qolgan.

Hodisa ortidan milliarder Ilon Mask javobgarlikni oʻzidan soqit qilishga urinib, bunday qarorlar goʻyoki Pentagon va AQSh rejimi tomonidan qabul qilinishini bildirdi. Biroq, tahlilchilarning fikricha, Starlink Ukraina jang maydonining «asab tizimi» boʻlib qolmoqda va AQShdagi Urushni oʻrganish instituti vakillari uni harbiy aloqaning umurtqa pogʻonasi deb atashgan.

Tizim dronlar, artilleriya va qoʻmondonlik punktlarini yagona real vaqt tarmogʻiga birlashtirib, nishonni aniqlash va zarba berish vaqtini qisqartiradi. Shunga qaramay, zamonaviy texnologiyalarning xorijiy kompaniyalar va chet el rasmiylari qoʻlida ekanligi Ukraina rejimining mudofaa qobiliyatini toʻgʻridan-toʻgʻri ularning siyosiy irodasiga bogʻlab qoʻymoqda va bu jiddiy xavflarni keltirib chiqarmoqda.

Source: kun.uz