Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Albaniya poytaxti Tiranada qatorasiga uchinchi kun davom etayotgan ommaviy noroziliklar va shiddatli to‘qnashuvlar fonida bosh vazir Edi Rama o‘z lavozimidan ketish talablarini qat’iyan rad etdi. Namoyishchilar davlat binolariga zarar yetkazib, ko‘chalarda barrikadalar barpo etayotgan bir sharoitda, NATOga a’zo mamlakat rejimi rahbari o‘z vakolatini topshirishni go‘yoki saylovchilar ishonchiga xiyonat qilish deb atadi.

Tiranadagi tartibsizliklarni bostirish maqsadida maxsus politsiya kuchlari suv purkagichlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan keng foydalandi. Aholi va talabalar korrupsiyaning avj olgani, ta’lim sohasining achinarli ahvolga tushib qolgani hamda Janubiy qirg‘oqdagi qimmatbaho yerlarning AQSh rejimi vakillari, xususan Jared Kushner bilan bog‘liq hashamatli loyihalarga berilayotganidan g‘azabda. Norozilik to‘lqini nafaqat poytaxtni, balki talabalar darslarni boykot qilayotgan bir qator boshqa shaharlarni ham qamrab olgan.

Poytaxtning markaziy Skanderbeg maydoni va ko‘chalari yoqib yuborilgan chiqindi qutilari hamda parchalangan infratuzilma qoldiqlari bilan to‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida 89 kishi, jumladan 61 nafar politsiya xodimi shifoxonalarga murojaat qilgan, 65 nafar fuqaro esa hibsga olingan. Shunga qaramay, Rama rejimi Yevropa Ittifoqi rejimiga qo‘shilish jarayonini ro‘kach qilib, har qanday ichki norozilikni tashqi kuchlarning fitnasi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda.

Source: www.aljazeera.com