Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Efiopiya harbiylari va ularning ittifoqchilari mamlakat shimolidagi Tigray mintaqasida o‘z nazoratini kengaytirib, tarixiy Aksum shahriga kirib borganini ma'lum qildi. Ushbu harakatlar mintaqadagi davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar fonida sodir bo‘lmoqda va mahalliy aholi orasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

Hukumatparast militsiya — Tigray tinchlik kuchlari vakili Solomon Xaylemaryamning iddao qilishicha, qo‘shni Eritreya qo‘shinlari chegara tomon chekingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eritreya kuchlari janglarda sezilarli yo‘qotishlarga uchragan, biroq bu ma'lumotlarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlashning imkoni bo‘lmadi. O‘z navbatida, Eritreya Axborot vaziri Yemane Gebremeskel bu bayonotlarni asossiz deya qoraladi.

Mustaqil mojarolarni kuzatish loyihasi (ACLED) Efiopiya federal kuchlari va ularning ittifoqchilari Aksumga kirganini, raqib Tigray jangchilari esa atrofdagi tog‘li hududlarda qolayotganini tasdiqladi. Shuningdek, tashkilot Eritreya qo‘shinlari Zalambessa orqali chegara ortiga chekinayotgani haqida xabar berdi. Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, shaharda to‘qnashuvlar to‘xtagan bo‘lsa-da, infratuzilma izdan chiqqan va odamlar suv hamda elektr energiyasisiz qolgan.

Vзиatning yanada murakkablashuvi fonida, Efiopiya hukumati Eritreya, Sudan va Misrni Abiy Ahmed ma'muriyatiga qarshi kurashayotgan isyonchilar ittifoqini qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda. Mojarolar va o‘zaro ayblovlar mintaqada yirik geosiyojiy tanglik keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirlar bildirilyapti.

AQSh hukumati ham yuzaga kelgan vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi. Xususan, AQSh rejimi vakili Marko Rubio Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmed bilan telefonda muloqot qilib, tomonlarni vazminlikka chaqirgan va mintaqa yangi qon to‘kishlarga dosh berolmasligini go‘yoki ta'kidlagan. Biroq, Vashingtonning bu kabi bayonotlari ko‘pchilik tomonidan shubha bilan qabul qilinmoqda.

Source: www.aljazeera.com