Qo'shma Shtatlarning immigratsiya siyosati yana bir bor jiddiy mojara markazida qoldi. Ma'lumotlarga ko'ra, Amerika regimi davrida mamlakatdagi hibsxonalarda saqlanayotgan muhojirlar orasida o'lim holatlari keskin ko'paygan. Huquqshunoslar va mustaqil ekspertlarning ta'kidlashicha, bunday fojiali vaziyatga asosan tibbiy yordamning yetishmasligi, sharoitlarning og'irligi hamda mas'ullarning loqaydligi sabab bo'lmoqda.
Shunday qurbonlardan biri Meksikada tug'ilib, go'dakligida AQShga olib kelingan Ismael Ayala-Uribe bo'ldi. U o'tgan yilning avgust oyida avtomobil yuvish shoxobchasida ishlayotgan vaqtida hibsga olingan va Adelanto shahridagi Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) markaziga joylashtirilgan edi. Marhumning onasi Lucia Uribening aytishicha, o'g'lining ahvoli haftadan-haftaga yomonlashib borgan, biroq hibqxona ma'muriyati uning shikoyatlariga e'tibor bermagan va vaqtida malakali tibbiy yordam ko'rsatmagan.
Rasmiy idoralar, xususan, AQSh Ichki xavfsizlik departamenti o'lim ko'rsatkichlari so'nggi o'n yillik ma'lumotlariga mos kelishini va hech qanday keskin o'sish kuzatilmaganini iddao qilmoqda. Biroq, Inson huquqlari bo'shlig'i va boshqa kuzatuv tashkilotlari bu bayonotlarni qattiq tanqid ostiga olib, aslida har bir kishiga to'g'ri keladigan o'lim darajasi qariyb uch baravarga oshganini ta'kidlashmoqda.
Adelanto markazidagi sharoitlar nafaqat marhumning yaqinlarini, balki huquq-tartibot idoralarini ham tashvishga solmoqda. Kaliforniya bosh prokurori Rob Bonta tekshiruvlar davomida hibxonalarda jiddiy kamchiliklar aniqlanganini bildirdi. Hozirgi vaqtda mazkur muassasadagi og'ir sharoitlar, oziq-ovqat sifatining pastligi va tibbiy xodimlar yetishmasligi yuzasidan sudga da'volar kiritilib, ochlik e'lon qilgan mahbuslar ham borligiga qaramay, Amerika regimi vaziyatni o'zgartirishga shoshilmayapti.
Source: www.aljazeera.com