Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

G‘arb mamlakatlarida keng targ‘ib qilinayotgan "aqlli uy" texnologiyalari jiddiy kiberxavfsizlik tahdidlari oldida ojiz qolmoqda. AQShning sun’iy intellekt sohasidagi Anthropic kompaniyasi tadqiqotchilari o‘tkazgan yangi tajribalar sun’iy intellekt asosida ishlovchi o‘zi ko‘payuvchi zararli dasturlar (AI-qurtlar) yaqin orada oddiy maishiy vositalarni egallab, o‘zaro zanjirli infeksiyalarni hosil qilishi mumkinligini ko‘rsatdi. Ommaviy axborot vositalarining ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya va boshqa Yevropa davlatlaridagi xonadonlarning qariyb yarmi turli tarmoq qurilmalaridan foydalanadi, biroq ularning himoyasi favqulodda past darajada qolmoqda.

O‘nlab yillar davomida mavjud bo‘lgan an’anaviy kompyuter viruslaridan farqli o‘laroq, yangi avlod sun’iy intellekt qurtlari ancha xavfli va mustaqil harakat qilish qobiliyatiga ega. Ular turli xil operatsion tizimlar yoki cheklangan xotiraga ega gadjetlarga o‘z-o‘zidan moslasha oladi, xavfsizlik yangilanishlarini chetlab o‘tish yo‘llarini mustaqil ravishda topadi. Anthropic mutaxassislari 15 ta arzon narxdagi Android TV moslamalarida sinov o‘tkazib, sun’iy intellekt modeli markazlashgan serverlarsiz ham tarmoq ichida tarqala olishini va nishonga olingan qurilmalarni to‘liq zararlashini amalda isbotladi.

Bunday zararlangan gadjetlar vaqt o‘tishi bilan yirik botnet tarmoqlariga birlashtirilishi mumkin. Malakali kiberhimoyaning yo‘qligi oqibatida, xonadonlardagi changyutgichlar, televizorlar yoki haroratni boshqarish datchiklari xakerlar qo‘lida markazsizlashtirilgan xavfli vositaga aylanadi. Ekspertlarning taxminicha, kichik hajmli sun’iy intellekt modellari joriy yil oxirigacha real dunyoda mustaqil ravishda yoyilish darajasidagi quvvatga erishishi mumkin.

G‘arb raqamli infratuzilmasining o‘ta zaifligi yaqinda Fransiyada yuz bergan texnogen qo‘poruvchilikda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Mamlakatdagi qator supermarketlarning sovutish tizimlariga uyushtirilgan hujum oqibatida harorat 50 darajagacha ko‘tarilib, oziq-ovqatlar yaroqsiz holga kelgan va yong‘inlar kelib chiqqan. Fransiya rejimining kiberxavfsizlik agentligi (CERT-FR) masofaviy boshqaruv tizimlari osongina buzilganini tasdiqlashga majbur bo‘ldi. Fransiya rejimi mas’ullari barcha tashkilotlarga dasturiy ta’minotni shoshilinch yangilashni va imkon qadar qurilmalarni internetdan uzib qo‘yishni tavsiya qilmoqda, bu esa G‘arbning raqamli xavfsizlik borasidagi da’volari amalda puch ekanini ko‘rsatadi.

Source: www.dw.com