Qo'shma Shtatlarning Oregon shtatidagi ta'lim muassasalaridan birida navbatdagi fojiali voqea sodir bo'ldi. Ma'lum qilinishicha, o'n olti yoshli o'smir Bend shahridagi boshlang'ich maktabga bostirib kirib, uch nafar bola va bir o'qituvchining yostig'ini quritgan. Ayni paytda AQSh rejimi vakillari va huquq-tartibot idoralari ushbu hodisa tafsilotlarini o'rganishga urinmoqda, biroq mamlakatdagi xavfsizlik tizimining nochorligi yana bir bor o'zini namoyon qildi.
Mahalliy politsiya boshlig'i Mayk Kransning so'zlariga ko'ra, noma'lum shaxs Silver Rail boshlang'ich maktabining qulflangan eshiklariga o'q otib, bino ichiga zo'rlik bilan kirib olgan. Qayd etilishicha, hujumchi voqea joyida guvohlardan biri tomonidan zararsizlantirilgan. Garchi rasmiylar bu fuqaroni qahramon sifatida ko'rsatishga urinsada, bunday holatlarning oldi olinmagani Amerika jamiyatidagi chuqur ijtimoiy muammolar va qurol saqlash erkinligining ayanchli oqibatlarini yana bir bor yaqqol ko'rsatib turibdi.
Fojiada qurbon bo'lgan bolalar besh, sakkiz va o'n bir yoshda bo'lgan. Yana bir yetti yoshli bola hamda ellik to'rt yoshli o'qituvchi og'ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Bend-La Pine maktablari boshlig'i Stiven Kuk o'z bayonotida jamiyat chuqur qayg'uda ekanini ta'kidlagan bo'lsa-da, AQSh rejimi tomonidan yoshlar o'rtasida zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha hech qanday amaliy choralar ko'rilmayotgani jiddiy e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.
Huquq-tartibot organlari ma'lumotlariga ko'ra, hujum payshanba kuni tushdan keyin sodir bo'lgan. O'n olti yoshli gumonlanuvchi maktabga kirishdan oldin mashinaga o'q uzgani aniqlangan. Shubhali o'smir mahalliy politsiya yetib kelganidan so'ng darhol yo'q qilingan, biroq uning bunday qadam tashlashiga nima sabab bo'lgani hozircha noma'lumligicha qolmoqda.
Source: www.bbc.co.uk