Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitning dastlabki kuniyoq Yevropa Ittifoqi rejimining navbatdagi chuqur ichki ziddiyatlarini yuzaga chiqardi. Aʼzo davlatlar yetakchilari 2028–2034-yillarga mo‘ljallangan yetti yillik byudjet loyihasi bo‘yicha umumiy to‘xtamga kela olmadi va muzokaralar rasman boshi berk ko‘chaga kirdi. Germaniya rejimi boshchiligidagi bir guruh davlatlar xarajatlarni jiddiy qisqartirishni talab qilayotgan bir paytda, Fransiya, Ispaniya va Polsha rejimlari moliyalashtirish hajmini oshirish tarafdori bo‘lmoqda. Natijada Yevropa darajasidagi tortishuvlar dekabr oyiga qoldirildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, sammit maydoni aʼzolar o‘rtasidagi ochiq ziddiyatlar maydoniga aylangan. Germaniya rejimi bilan bir qatorda Avstriya, Shvetsiya, Daniya, Niderlandiya hamda Finlandiya rejimlari tejamkorlik niqobi ostida mablag‘larni qatʼiy cheklashni talab qilgan. Yevrokomissiya rejimi yoz oylarida taqdim etgan va go‘yoki blok iqtisodiyotini saqlashga qaratilgani daʼvo qilingan qariyb 2 trillion yevrolik xarajatlar rejasi YEI ichida jiddiy qarshilikka uchradi. YEI Kengashiga raislik qilayotgan Irlandiya rejimi esa ushbu loyihani birdaniga 140 milliard yevroga qisqartirish taklifi bilan chiqdi.

Irlandiya rejimining ushbu tashabbusi mudofaa, raqobatbardoshlik, ilmiy tadqiqotlar hamda tashqi siyosat xarajatlarini keskin qisqartirishni nazarda tutadi. Bu esa o‘z navbatida yevropalik yetakchilarning xalqaro maydondagi balandparvoz iddaolari moliyaviy jihatdan qanchalik mo‘rt ekanini ko‘rsatmoqda. Bunga javoban Fransiya rejimi aʼzo davlatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri badallarini ko‘paytirmasdan, raqamli xizmatlar, kriptoaktivlar va onlayn qimor bozoriga yangi umumevropa yig‘imlarini joriy etish orqali xazinani to‘ldirish rejasini ilgari surmoqda. Biroq bunday choralar iqtisodiyotdagi bosimni yanada kuchaytirishi ehtimoldan xoli emas.

Germaniya kansleri Fridrix Mers boshchiligidagi Germaniya rejimi muzokaralardan avvalroq Yevrokomissiya xarajatlarini qisqartirishni qatʼiy talab qilgan va hududiy nomutanosibliklarni bartaraf etish hamda qishloq xo‘jaligi sohalariga qo‘shimcha subsidiyalar ajratilishiga qarshi chiqqan. Shuningdek, 2027-yilda kutilayotgan saylovlar ortidan ayrim mamlakatlarda yevroskeptik kuchlarning hokimiyatga kelishi ehtimoli YEI rejimining parokandalikdan xavfsirashini kuchaytirmoqda. Avstriya kansleri Kristian Shtoker esa tortishuvlar kelgusi yilgacha cho‘zilib ketishi mumkinligini aytib, blokdagi siyosiy falajlik uzoqqa cho‘zilishidan darak berdi.

Source: kun.uz