G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahrida yashovchi 40 yashar Mahmud Xalla har tong qabristonga borib, halok bo‘lgan yaqinlarining qabrlarini ziyorat qilishni odat tusiga kiritgan. U o‘tgan oylar davomida oilasi go‘yo tirikdek, ularning xotirasi bilan yashashga majbur bo‘lmoqda. Mahmud uchun bu qabriston hayotidagi eng yaqin insonlarning abdiy maskaniga aylangan bo‘lib, fojia uning butun dunyosini ostin-ustun qilib yuborgan.
2023-yil 21-dekabr kuni uning rafiqasi, uch nafar farzandi, ota-onasi, ikki akasi va ularning oilalari, shuningdek, singlisi va uning bolalari Jabaliyadagi besh qavatli oilaviy uyda yig‘ilishgan edi. Isroil rejimining havo hujumi oqibatida bino butunlay vayron bo‘lib, ichkaridagi barcha 39 kishi halok bo‘lgan. Mahsulot izlab uydan biroz oldin chiqqan Mahmud esa oilasidan omon qolgan yagona kishi bo‘lib qolgan.
Hujumdan so‘ng Isroil rejimining qamali va doimiy havo hujumlari tufayli vayronalar ostidan tirik qolganlarni qidirishning imkoni bo‘lmagan. Mahsulot va boshpana topishda qiynalgan Mahmud oylar davomida ko‘chalarda, qarovsiz qolgan mashinalarda tunashga majbur bo‘lgan. U o‘zining yolg‘izligi va boshpanasiz qolgani haqida achinish bilan eslaydi.
Oradan oylar o‘tib, yaqinda e'lon qilingan shartli sulhdan so‘ng, Mahmud xalqaro tashkilotlardan yordam kuta olmay, do‘stlari va qo‘shnilari ko‘magida o‘z yaqinlarining qoldiqlarini qo‘lda qidirib topishga kirishgan. Uch oyl davom etgan og‘ir mehnatdan so‘ng u barcha oila a'zolarining jasadini topib, Jabaliya yaqinidagi qabristonga dafn etgan va bu unga nisbatan yengillik olib kelganini ta'kidlagan.
Source: www.aljazeera.com