Livan Prezidenti Jozef Aun va AQSh rejimi Davlat kotibi Marko Rubio telefon orqali muloqot o'tkazib, Isroilga qarshi ishlatilishi mo'ljallangan noqonuniy portlovchi moddalarning musodara qilinishini muhokama qilishdi. Bu haqda Livan Prezidenti saroyi xabar tarqatdi.
Muloqot chog'ida Aun Livan xavfsizlik kuchlari mamlakat bo'ylab noqonuniy qurollarni musodara qilish bo'yicha o'z vazifalarini to'liq bajarayotganini da'vo qildi. Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Bayrut va sharqiy Bika vodiysi orasidagi avtomagistralda 780 kilogramm portlovchi modda ortilgan yuk mashinasi to'xtatilgan edi.
Shuningdek, payshanba kuni «Hizbulloh» deputati Hasan Fazlalloh mazkur yuk guruhga tegishli ekanini va materiallar Isroilga qarshi operatsiyalar uchun mo'ljallanganini ochiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, harakat xavfsizlik idoralari bilan bog'lanib, materiallarni qaytarish va hibsga olinganlarni ozod qilishni talab qilgan.
Vashington rejimi vakillarining bildirishicha, Marko Rubio Livan rahbariyatidan yukni buyurtma qilgan, moliyalashtirgan va boshqargan shaxslarni javobgarlikka tortishni talab qilgan. Shuningdek, u Livan va Isroil qurolli kuchlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri harbiy aloqa o'rnatish lozimligini talab qilgani aytilmoqda.
Source: www.aljazeera.com