️ Oktyabr oyining oʻrtalarida Rossiya poytaxti Moskva va uning atrofidagi yirik aviatsiya markazlarining faoliyatida misli koʻrilmagan uzilishlar kuzatildi. Sheremetevo, Vnukovo, Domodedovo hamda Jukovskiy aeroportlarida reyslarni qabul qilish va joʻnatish boʻyicha qatʼiy cheklovlar joriy etilib, buning oqibatida qariyb 200 ga yaqin reyslar qoldirilgan yoki butunlay bekor qilingan. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, mazkur cheklovlar faqat keyingi kunning tongiga kelibgina bosqichma-bosqich bartaraf etilgan.
️ Mutasaddilarning taʼkidlashicha, ushbu holatga hudud uzra havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan Rossiya poytaxti tomon harakatlanayotgan oʻnlab dronlar urib tushirilgani sabab boʻlgan. Xususan, tungi vaqtda Sankt-Peterburgdagi «Pulkovo» aeroporti ham xavfsizlik chorasi sifatida yopilib, oʻnlab reyslar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan va mintaqada ham uchish apparatlari zararsizlantirilgani aytilgan.
️ Gʻarb matbuotida, xususan, The Atlantic nashrida eʼlon qilingan materiallarda Kiyev rejimining Rossiya aeroportlari faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan harakatlari goʻyoki «endigina boshlanayotgani» iddao qilinmoqda. Maʼlum qilinishicha, soʻnggi haftalarda uzoq masofaga uchuvchi vositalar yordamida Rossiya osmonidagi vaziyatni keskinlashtirishga urinishlar boʻlmoqda, biroq bu kabi shubhali taktikalar ortida turgan kengroq rejalar hozircha toʻliq tasdigʻini topmagan.
️ Tahlilchilarning qayd etishicha, soʻnggi paytlarda Moskva havo hududining yopilish vaqtlari keskin ortib bormoqda. Oktyabr oyining dastlabki yarmida aeroportlardagi majburiy tanaffuslar vaqti oʻtgan oydagi koʻrsatkichlardan bir necha barobar oshib ketgani, shuningdek, barcha poytaxt aeroportlari bir vaqtning oʻzida rekord darajadagi uzoq vaqt davomida yopilgani mintaqadagi transport tizimi jiddiy muvofiqlashuv muammolariga duch kelayotganidan dalolat beradi.
Source: kun.uz