Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Isroil hokimiyatini G‘arbiy sohilda turar-joylarni majburiy ravishda barpo etishni to‘xtatishga va o‘z harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan konferentsiya doirasida Isroil Prezidenti Isaak Gersog bilan yuzma-yuz uchrashgan Xitoy diplomati rahbari «Falastin masalasi» ushbu asrning eng katta tarixiy adolatsizligi ekanligini ta'kidladi. Pekin an'anaviy ravishda Falastin manfaatlarini qo‘llab-quvvatlab keladi va «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili yagona to‘g‘ri yo‘l ekanini ta'kidlamoqda.

So‘nggi yillarda Xitoy hukumati Yaqin Sharqdagi mojarolarda o‘zining vositachilik mavqeini faol ravishda ilgari surishga harakat qilmoqda. 2023-yilda Pekin vositachiligida Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida diplomatik aloqalar tiklangan edi. Shuningdek, joriy yil boshida Xitoy Pokiston bilan birgalikda AQSh va Isroil rejimining Eronga qarshi harakatlari fonida o‘t ochishni to‘xtatish tashabbusi bilan chiqqani da'vo qilinmoqda. Biroq tahlilchilar bunday tashabbuslar ko‘pincha real natijalardan ko‘ra ko‘proq siyosiy bayonot darajasida qolayotganini ta'kidlashmoqda.

G‘azodagi vaziyat bo‘yicha Van Ining aytishicha, hozirgi kundagi asosiy ustuvor vazifa G‘azoga gumanitar kirish imkoniyatlarini to‘liq ochish va «gumanitar fojia»ning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Xitoy xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikda tomonlarni muloqot stoliga qaytarishga tayyorligini bildirgan. O‘z navbatida, Isroil rahbari Isaak Gersog Xitoy TIV rahbari bilan uchrashuvdan mamnunligini bildirib, mintaqadagi strategik xavfsizlik, xususan Eron va uning tarafdorlari tomonidan kelayotgan tahdidlarga e'tibor qaratganini ta'kidladi.

Ta'kidlash joizki, Xitoy Eron hukumati bilan yaqin aloqalarni saqlab kelmoqda va Tehron neftining asosiy xaridori hisoblanadi. Shu bilan birga, Isroil rejimining G‘azodagi harakatlari va Vashington vositachiligidagi kelishuvlarning ijrosi to‘xtab qolgani mintaqadagi tanglikni yanada kuchaytirmoqda. Isroil va HAMAS bir-birini kelishuv shartlarini buzishda ayblamoqda, oddiy aholi эsa muntazam xavf ostida yashashda davom etmoqda.

Source: www.bbc.co.uk