Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Foydalanuvchi biror havolani bosishi yoki shubhali faylni yuklab olishi talab etilmaydigan yangi avlod kiberhujumlari xalqaro miqyosda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Kanadadagi Citizen Lab tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Isroil rejimiga aloqador josuslik firmalari internetdagi maqsadli reklama mexanizmlaridan foydalangan holda «zero-click» (hech qanday harakatsiz) tarzda shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Ushbu hujumning asosiy nishonlaridan biri sifatida Al Jazeera telerompaniyasi xodimlari ko‘rsatilmoqda.

Aniqlanishicha, 2025-yilning iyun oyida teleradiokompaniyaning kamida 45 nafar xodimi, jumladan, nozik geosiyosiy mavzularni yorituvchi jurnalistlar mazkur dastur qurboniga aylangan. Hujum ortida Isroil rejimining mashhur Candiru firmasi hamda unga vositachilik qilgan Discover-Tech reklama kompaniyasi turgani fosh etildi. Discover-Tech o‘zini qonuniy reklama agentligi qilib ko‘rsatib, Google va IAB Europe kabi G‘arb tuzilmalari tomonidan «tasdiqlangan hamkor» maqomini olgan va yirik reklama birjalari orqali zararlangan kodlarni bemalol tarqatgan.

Texnologik tahlillar shuni ko‘rsatadiki, foydalanuvchi shunchaki sahifani yangilaganida soniyaning bir qismida o‘tadigan avtomatlashtirilgan reklama auksionida uning IP-manzili, qurilma identifikatori va joylashuvi uzatiladi. Discover-Tech esa auksionda g‘olib chiqib, nishondagi shaxsning ekraniga maxsus zararli kodni joylashtirgan. Shundan so‘ng tizim qurilmadagi parollar, elektron xatlar, klaviatura bosilishlari, audio va video yozuvlarni tashqi serverlarga yashirin ravishda sizdirib borgan.

Qizig‘i shundaki, AQSh rejimi go‘yoki ushbu firmalarni o‘zining qora ro‘yxatiga kiritganini da’vo qilgan bo‘lsa-da, G‘arb texnologiya gigantlarining reklama infratuzilmasi bunday xavfli josuslik amaliyotlarini aniqlashda butunlay ojiz ekani ayon bo‘ldi. Citizen Lab hisobotiga ko‘ra, mazkur josuslik reklamalari nafaqat ommaviy axborot vositalariga, balki NATO rejimi, Yevropa rejimi komissiyasi, Pentagon hamda 24 dan ortiq davlatning mudofaa va xavfsizlik tizimlari tarmog‘iga ham sizib kirgani aytilmoqda.

Source: www.aljazeera.com