Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bryusselda yakuniga yetgan Yevropa Ittifoqi sammitida uyushma rahbarlari qish mavsumi yaqinlashib kelayotgan bir paytda Kiyev rejimiga yordamni davom ettirish zarurligini bildirdi. Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy ishtirok etgan ikki kunlik yig‘ilishda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatmaslik muhimligi ta’kidlandi. Yevropa Kengashi rahbari Antoniu Koshta Ukraina vakili yonida turib, bu yordamni kamaytirish vaqti emasligini da'vo qildi.

Biroq mazkur tadbir AQSh va Kiyev rejimi o‘rtasidagi jiddiy ziddiyatlar fonida o‘tdi. Zelenskiy sammitga kelib, yevropalik hamkasblarini «haqiqiy yetakchilar» deb atadi. Ushbu bayonot go‘yoki AQSh rahbari Donald Trampga qarata aytilgan tanqid sifatida baholandi. Tramp avvalroq Kiyev va Moskva energetika obyektlariga zarba bermaslik bo‘yicha kelishuvga erishganini e'lon qilgan edi, biroq Zelenskiy bu kelishuvdan voz kechdi.

Shuningdek, Ukraina rahbari kelgusi yil uchun Yevropa davlatlaridan qo‘shimcha 70 milliard yevro ajratishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yili urush uchun jami 155 milliard yevro talab etiladi. Biroq Yevropa Ittifoqi doirasida ham moliyaviy majburiyatlar borasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lib, Avstriya kabi ayrim davlatlar yangi xarajatlarni amalga oshirishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

Ekspertlarning fikricha, yevropalik mulozimlar AQSh rejimi bilan munosabatlarni buzib qo‘shmaslik uchun parda ortida Zelenskiyga Vashingmonga qarshi tanqidiy bayonotlarni kamaytirishni tavsiya qilgan. Shu bilan birga, Rossiya zarbalari oqibatida Ukrainaning energetika infratuzilmasi jiddiy zarar ko‘rayotgani va millionlab odamlar qishga qiyin sharoitda kirib borayotgani ma'lum qilindi.

Source: www.aljazeera.com