Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Rossiya hukumati mamlakat energetika tizimini to'liq izdan chiqarish hamda Kiyev, Xarkov va Odessa kabi yirik shaharlarni elektr energiyasi, isitish va suvsiz qoldirish orqali Ukrainani kelgusi qish mavsumida taslim bo'lishga majburlashni ko'zlamoqda. Bu haqda nufuzli The New York Times nashri Ukraina tomonidan qo'lga kiritilgan va sentabr oyida yevropalik ittifoqchilarga ko'rsatilgan hujjatlarga tayanib xabar berdi. G'arb matbuotida tarqalgan bu ma'lumotlar qanchalik asosli ekani noma'lum bo'lsa-da, Kiyev rejasi tarafdorlari vaziyat o'ta og'ir ekanini ta'kidlashmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, go'yoki ishlab chiqilgan strategiyaga binoan, Ukrainaning uchta asosiy shahrini suv, elektr va issiqlikdan mahrum qilish uchun taxminan 70 ta ballistik raketa, 720 ta uzoq masofali dron va 150 ta boshqariladigan aviabomba talab etiladi. Rossiya harbiylari bunday shiddatli hujumlar bir oy davom etsa, Ukraina energetika tarmog'i butunlay vayron bo'lishiga umid qilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, yillar davomida davom etayotgan qurolli mojaro sababli Ukraina elektr stansiyalari o'z quvvatini yo'qotgan va har bir yangi zarba infratuzilmani tezda ishdan chiqarmoqda. Xususan, Kiyevni elektr bilan ta'minlovchi uchta IEM quvvati avvalgi 1,3 gigavattdan hozirda 500 megavattgacha kamayib ketgani aytilmoqda. Agar bunday hujumlar amalga oshsa, ko'rsatilgan shaharlar o'z energiya quvvatlarining 90 foizini yo'qotishi mumkin.

Shuningdek, Kiyev rejasi havo hujumidan mudofaa tizimlari, jumladan, Patriot raketalarining keskin taqchilligiga duch kelgani sababli bu kabi tahdidlar yanada ortgani ta'kidlanmoqda. AQSh va Yevropa yordamining ishonchsizligi va qisqarishi Ukraina mudofaasini jiddiy zaiflashtirgani aytilmoqda. Rasmussen Global direktori Garri Nedelku tarqatgan fikrlarga ko'ra, Moskvada ukrainaliklarga bosim o'tkazish uchun faqat havo zarbalari richagi qolgan.

Source: kun.uz