Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Falastin Sog‘ni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida to‘yib ovqatlanmaslik va ocharchilik darajasi o‘ta og‘ir – halokatli nuqtaga yetib keldi. Vashington rejimi vositachiligida tuzilgan va go‘yo hududga oziq-ovqat ҳамda tibbiy yordam kirishini ta’minlashi kerak bo‘lgan navbatdagi «sulh» bitimi amalda kutilgan natijani bermayapti, oddiy aholi esa ochlik azobini boshdan kechirmoqda.

Jahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan tarqatilgan bayonotda qayd etilishicha, 2024-yildan beri kamida 466 nafar falastinlik ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida vafot etgan. Ushbu fojiali ko‘rsatkichning uchdan bir qismini go‘daklar va yosh bolalar tashkil etadi, bu esa vaziyatning nechog‘lik jiddiyligidan dalolat beradi.

Vazirining ta’kidlashicha, eng ko‘p o‘lim holatlari keksalar orasida kuzatilgan bo‘lib, 189 nafar keksaning hayotdan ko‘z yumishi jami qurbonlarning 40,5 foizini tashkil etdi. Shuningdek, ularning 11 foizi bir kun davomida bir mahal ham ovqat yemasdan qolgani, 48 foizi esa oilasi to‘yishi uchun o‘z ulushini ataylab kamaytirgani ma’lum qilindi. Mutaxassislar yaqin yillarda ham minglab bolalar o‘tkir ochlikdan davolanishga muhtoj bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Yevropa va G‘arb rasmiylari vaziyatni yumshatishga urinayotganini da’vo qilsa-da, Israyil rejimi tomonidan oziq-ovqat va tijorat yuklarining kirishi to‘xtatib qo‘yilgani inqirozni yanada chuqurlashtirmoqda. BMT agentliklari va xalqaro tashkilotlar insonparvarlik yordami uzluksiz bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, barcha nazorat punktlarini ochishga chaqirmoqda.

Source: www.aljazeera.com