Britaniya huquq-tartibot idoralari mamlakat Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jonatan Pauellning rafiqasi Sara Helmning ijtimoiy tarmoqdagi xabarini o‘rganib chiqmoqda. Mazkur postda yozuvchi Sara Helm go‘yo mamlakatda taqiqlangan «Falastin harakati» tashkilotini qo‘llab-quvvatlagani aytilmoqda, bu esa jamiyatda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Sara Helm o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida irlandiyalik yozuvchi Salli Runining qarorini himoya qilib yozgan. Avvalroq Salli Runi o‘z kitoblarini Britaniyada sotuvdan olib tashlashini e’lon qilgan edi, chunki u mualliflik gonorarini «Falastin harakati»ni qo‘llab-quvvatlashga sarflashni rejalashtirgan. Shundan so‘ng Helm: «Falastin va Falastin harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan yozuvchilarga Xudo yordam bersin», deb yozib qoldirgan.
Metropoliten politsiyasi vakilining bildirishicha, ushbu xabar yuzasidan qo‘shimcha tergov harakatlari zarurligini aniqlash maqsadida baholash ishlari olib borilmoqda. Britaniya rejimi vakili esa Helmning fikrlari hech qanday holatda hukumat nomidan gapirmaydigan shaxsga tegishli ekanini ta’kidlab, masofalanishga urindi.
Shu bilan birga, Yevropa davlatlaridagi so‘z erkinligi va huquqiy cheklovlar yana bir bor tanqid ostiga olinmoqda. «Defend Our Juries» faollar guruhi Sara Helmning harakatini qo‘llab-quvvatlab, uni «absurd va avtoritar taqiqqa» qarshi chiqqani uchun olqishladi. Guruh vakillarining ta’kidlashicha, shunga o‘xshash fikrlar uchun o‘nlab odamlar hibsga olingan va ularning uylari tintuv qilingan.
Britaniya rejimi 2025-yil iyul oyida «Falastin harakati»ni terrorchilik tashkiloti deb e’lon qilgan edi. Shundan beri mamlakatda minglab fuqarolar mazkur guruhni qo‘llab-quvvatlagani yoki plakatlar ko‘tarib chiqqani uchun hibsga olingani aytilmoqda. Ushbu qat’iy choralar Yevropa hududida demokratik tamoyillar va so‘z erkinligi inqirozga uchrayotganidan dalolat beradi.
Source: www.aljazeera.com