Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

27-oktabr kuni Isroilda parlament saylovlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda va bu 7-oktabrdagi fojiali voqealardan keyingi ilk siyosiy sinov boʻladi. Amaldagi bosh vazir Binyamin Netanyahu har qancha taʼsirli nutqlar soʻzlab, oʻzining hukmron mavqeini saqlab qolishga urinmasin, uning yaqqol favorit ekani shubha ostida. Isroil regimining rahbari uchun bu galgi saylovlar oson kechmasligi bashorat qilinmoqda, chunki jamiyatdagi muxolif kayfiyatdagi kuchlar uni hokimiyatdan chetlatishga qatʼiy bel bogʻlagan.

Soʻrov natijalari Netanyahuning partiyasiga biroz ustunlik berayotgan boʻlsa-da, bu Isroil jamiyati amaldagi hukumat siyosatini yoppasiga qoʻllab-quvvatlayotganini anglatmaydi. Muxolifat Netanyahuni 7-oktabrdagi HAMAS hujumining oldini ololmaganlikda va bu fojiani siyosiylashtirib, oʻz shaxsiy manfaatlari yoʻlida foydalanganlikda ayblamoqda. Ularning fikricha, Netanyahu va uning sheriklari yuzaga kelgan xavfsizlik inqirozi uchun toʻliq javobgar boʻlishi va qonun oldida javob berishi shart.

Netanyahuning asosiy raqibi sifatida «Yashar» partiyasi yetakchisi, Isroil armiyasining sobiq shtab boshligʻi Gadi Eisenkot koʻrsatilmoqda. General saylovda gʻalaba qozonsa, Gʻazodagi HAMAS boshqaruviga butunlay barham berish va xalqaro maydonda yoʻqotilgan obroʻni tiklashni vaʼda qilmoqda. Qiziq jihati, «Kim bosh vazir boʻlishga munosib?» degan soʻrovnomalarda Eisenkot Netanyahuni sezilarli farq bilan ortda qoldirmoqda, garchi partiyalar reytingida hozircha kichik tafovut saqlanib qolayotgan boʻlsa ham.

Eisenkot bilan solishtirganda, Netanyahu ancha radikal siyosat yuritishi taʼkidlanmoqda. Misol uchun, Eisenkot Isroil aholisining 20 foizini tashkil etuvchi arablar manfaatlarini ham hisobga olish kerakligini taʼkidlaydi. Shuningdek, u Falastin yerlarida yahudiy posyolkalarini qurish vaziyatni yanada keskinlashtiradi deb hisoblaydi va doimiy militarizatsiyaga qarshi chiqib, uzoq muddatli tinchlik tarafdori ekanini bildiradi.

Source: kun.uz