Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Joriy yilning sentyabr oyi yakunlariga ko'ra, ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek va boshqa sun'iy intellekt chat-botlari dunyodagi eng ko'p tashrif buyuriladigan yirik veb-resurslar reytingiga kirdi. Visual Capitalist nashri Similarweb ma'lumotlariga tayanib taqdim etgan ushbu tadqiqotda platformalarning veb-saytlariga kompyuter va mobil qurilmalar orqali qilingan tashriflar qiyoslab o'rganildi.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, ChatGPT barcha hisoblangan tashriflarning 56,4 foizini egallagan bo'lsa, Gemini 25 foiz, Claude esa 9,6 foiz ulushga ega bo'ldi. Shu tariqa, ikkita yetakchi ko'rib chiqilgan platformalar trafigining 80 foizidan ortig'ini o'zaro bo'lishib oldi. Qolgan o'rinlarni DeepSeek, Grok, Microsoft Copilot va Perplexity egallagan bo'lib, ularning har birining ulushi 3,4 foizdan oshmagani aytilmoqda.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, o'tgan yilning oktyabr oyiga nisbatan ChatGPT'ning umumiy ulushi qisqargan, Gemini esa o'z ko'rsatkichini deyarli ikki baravar oshirishga erishgan. Shuningdek, Claude ham sezilarli darajada o'sish ko'rsatib, beshinchi o'rindan uchinchi o'ringa ko'tarilgan. Biroq mutaxassislar ChatGPT ko'rsatkichlarining nisbiy pasayishi bozordagi umumiy o'sish fonida sodir bo'lganini, uning saytiga tashriflar soni yanvardagi 5,7 milliarddan sentyabrda 5,9 milliardga yetganini, shunchaki raqobatchilar tezroq harakat qilganini iddao qilishmoqda.

Vizual Capitalist nashri Gemini xizmatining o'sishini Google ekotizimining kengayishi va Gemini 3 modelining chiqarilishi bilan bog'lamoqda. Claude ko'rsatkichlariga esa uning faol targ'iboti va Anthropic kompaniyasining AQSh harbiylari tomonidan sun'iy intellektni qo'llash masalasidagi pozitsiyasiga qaratilgan e'tibor ta'sir ko'rsatgani taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, ushbu reyting faqat veb-versiyalarga tashriflarni hisobga olib, foydalanuvchilarning umumiy soni yoki javoblar sifatini to'liq aks ettirmasligi eslatib o'tildi.

Source: podrobno.uz