Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiyshanba kuni o'tkazilgan harbiy akademiya bitiruv marosimida bayonot berib, rasmiy Qohira qirollik xavfsizligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda Saudiya Arabistonini himoya qilishga shay ekanini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Misr mintaqaviy ziddiyatlarda qandaydir alohida rol o'ynashga intilmayotgan bo'lsa-da, Saudiya Arabistoni xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazilishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Ushbu bayonot Yaman hududidan harakatlanayotgan husiylarning Saudiya obyektlariga, jumladan, energetika infratuzilmalari va Ar-Riyod aeroportiga qarshi hujumlari keskin avj olgan bir paytda yangradi. Husiylar tomonidan uyushtirilgan so'nggi hujumlarning birida o'ndan ortiq odam halok bo'lgani mintaqadagi vaziyatni yanada tanglashtirgan.
As-Sisiy o'z nutqida Misr qo'shinlari mudofaa maqsadida har qanday chora ko'rishga tayyorligini, buning uchun esa mamlakat parlamenti roziligi zarurligini qo'shimcha qildi. Shu munosabat bilan Misr parlamenti tezkor favqulodda yig'ilish o'tkazishi kutilmoqda.
Ikki davlat o'rtasidagi strategik va iqtisodiy aloqalar uzoq tarixga ega bo'lib, Qohira avvalroq ham Yaman mojarosida Saudiya boshchiligidagi koalitsiyani qo'llab-quvvatlagan edi. Biroq, Qizil dengizdagi notinchliklar va Suez kanalidagi yuk tashish jarayonlarining izdan chiqishi Misr iqtisodiyotiga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.
Source: www.dw.com