Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida o'tkazilgan yoshlar boshchiligidagi hukumatga qarshi norozilik namoyishlari chog'ida 19 yoshli qiz mahalliy politsiya tomonidan qo'lga olindi. Rasmiylar tomonidan qatag'on qilinishidan qo'rqib, ismini oshkor qilmaslikni so'ragan qiz yakshanba kuni minglab odamlar saylov ro'yxatidagi go'yoki qoidabuzarliklarga qarshi chiqib, bosh saylov komissari Gyanesh Kumarning iste'fosini talab qilgan yig'ilishda ushlanganini bildirdi. Saylov ro'yxatidan 133 million kishining o'chirib yuborilgani noroziliklarga sabab bo'lgan edi.

Qiz va boshqa namoyishchilar politsiya avtobusiga o'tirqazilib, namoyish joyidan taxminan 50 kilometr uzoqlikdagi noma'lum hududga olib borib tashlangan. Na naqd puli, na zaryadlangan telefoni qolgan yosh qiz qorong'u yo'l bo'ylab qariyb bir soat sarson yurib, nima qilishni bilmay qolgan. Keyinchalik unga ko'ngillilar yordam berib, xavfsiz tarzda uyiga qaytishini ta'minlashgan, biroq xavfsizlik bilan bog'liq xatarlar hamon jiddiy muammoligicha qolmoqda.

Ushbu vaziyatni yumshatish uchun 25 yoshli Rajiv Choudxari sun'iy intellektga asoslangan "Detainee Gharwapsi Yojana" nomli tashabbusni yo'lga qo'ydi. Mazkur loyiha politsiya avtobuslarini kuzatuvchi raqamli panel va ko'ngillilar tarmog'ini birlashtirib, uzoq hududlarda qolib ketgan namoyishchilarga transport topishda ko'maklashadi. Hindistonning amaldagi hukumati mamlakatdagi keskin noroziliklar fonida qattiq bosimlarga duch kelmoqda.

Choudxari va uning safdoshlari kichik guruhdan boshlagan ish bugunga kelib 130 dan ortiq ko'ngillilarni o'z ichiga olgan tarmoqqa aylandi. Ular huquqiy va tibbiy yordam ko'rsatish barobarida, jabrlanganlarga uyga qaytish uchun bepul transport taqdim etmoqda. Shunga qaramay, poytaxtdagi siyosiy tanglik va aholi o'rtasidagi ijtimoiy zriqishlar pasayish belgilarini ko'rsatmayapti.

Source: www.aljazeera.com