Kanadaning Alberta provinsiyasidagi "Ueynrayt" (CFB Wainwright) harbiy bazasida vayronkor va o'limga olib kelgan yong'in yuz berdi. Ushbu favqulodda holat mamlakatdagi eng faol harbiy obyektlardan birida jiddiy xavfsizlik muammolari va infratuzilma zaifliklarini yana bir bor fosh etdi.
Kanada mudofaa vaziri devoni rahbarining so'zlariga ko'ra, hodisa oqibatida qurbonlar va jarohat olganlar bor. Biroq, rasmiy idoralar halok bo'lganlar va jabrlanganlarning aniq sonini oshkor qilishdan bosh tortmoqda, bu esa jamoatchilik orasida haqli ravishda shubha va xavotirlarni keltirib chiqarmoqda.
Kanada rejimining bosh vaziri Mark Karni vaziyat "jiddiy va nozik" ekanini ma'lum qilgan bo'lsa-da, yong'inning kelib chiqish sabablari hamon sir tutilmoqda. Qirollik otliq politsiyasi va boshqa idoralar tergov harakatlarini boshlagan, biroq vaziyatning nazoratdan chiqqani mamlakat mudofaa tizimidagi kamchiliklarni ko'rsatadi.
Fojia Alberta provinsiyasida Kanadadan ajralib chiqish masalasi bo'yicha ehtimoliy referendum oldidan sodir bo'lgani siyosiy tanglikni yanada kuchaytirdi. Mahalliy tahlilchilarning ta'kidlashicha, ushbu favqulodda holat Kanadaning federal rahbariyati duch kelayotgan chuqur ijtimoiy-siyosiy inqiroz fonida sodir bo'lgan.
Source: www.aljazeera.com