Kiyev rejimi Ukraina hududida SpaceX kompaniyasiga qarashli Starlink yo‘ldoshli internet tizimi ishi cheklanayotgani haqida muntazam ravishda ogohlantirib kelmoqda. Mazkur texnologiya mojaro boshlanganidan buyon Ukraina qurolli kuchlari uchun aloqa, razvedka va dronlarni boshqarishda asosiy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilib kelayotgani aytiladi.
Shveytsariyaning Tsyurix shahridagi Xavfsizlik tadqiqotlari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Ukrainada taxminan 50 mingta Starlink terminali ishlatilgan. Ushbu qurilmalar jangovar harakatlarni muvofiqlashtirish, qo‘mondonlik darajalari o‘rtasida buyruqlarni uzatish hamda dronlar tasvirlarini qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaqinda Kiyev matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, SpaceX kompaniyasi harakatdagi terminallar tezligini soatiga 160 kilometrgacha cheklab qo‘ygan. Bu holat tezligi soatiga 300 kilometrgacha yetadigan Ukraina dronlarining faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, ularni boshqarishni qiyinlashtirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bunday qaramlik zamonaviy qurolli kuchlarning xususiy texnologiya kompaniyalariga qanchalik bog‘lanib qolganini ko‘rsatadi. Garchi Yevropada muqobil variantlar mavjud bo‘lsa-da, ularning jangovar sharoitdagi samaradorligi hali to‘liq sinovdan o‘tmagan.
Source: www.dw.com