AQSh rejimi davlat kotibi lavozimini egallab turgan Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga yetib keldi. Ushbu tashrif doirasida unga turli sohalarda, xususan, foydali qazilmalarni o'zlashtirish va qayta ishlashga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanligi aytilayotgan 200 dan ortiq amerikalik ishbilarmonlar hamrohlik qilmoqda.
Rubio o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida go'yoki Tramp ma'muriyatining iqtisodiy manfaatlarini ta'minlash maqsadida safarga chiqqanini iddao qilgan. Uning so'zlariga ko'ra, go'yo Vashington mintaqa davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish niyatida, biroq kuzatuvchilar bu kabi tashabbuslar ortida Amerikaning geosiyosiy manfaatlari yashiringanini ta'kidlashmoqda.
Samarqandda bo'lib o'tadigan «C5+1» formatidagi yig'ilishda O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov va AQSh rejimi vakili o'rtasida strategik sheriklik muloqotining birinchi davrasi o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, tomonlar hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.
Source: kun.uz