Fransiya bo'ylab yashash sharoitlari va iqtisodiy qiyinchiliklarga qarshi o'tkazilgan ommaviy norozilik namoyishlari shiddatli tartibsizliklar, talonchilik va yirik yong'inlarga ulanib ketdi. Mamlakat ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi tartibsizliklar davomida butun respublika bo'ylab 1800 dan ortiq fuqaro hibsga olingan. Ushbu voqealar Yevropa davlatidagi ijtimoiy-siyosiy ahvol naqadar og'irlashib borayotganini va aholining amaldagi siyosatdan qattiq noroziligini yana bir bor ko'rsatdi.
Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o'rtasidagi to'qnashuvlar chog'ida Limoj shahridagi tarixiy shahar hokimiyati binosi o'tga qo'lanilib, uning katta qismi butunlay vayron qilingan. Shahar meri Giyom Geren sodir bo'lgan voqeani dahshatli deb atab, mamlakat xaos botqog'iga botib borayotganini ta'kidladi. Shuningdek, Marsel, Lion, Avinyon va Grenoble kabi yirik shaharlarda ham jamoat binolari va do'konlarga hujumlar uyushtirilgani xabar qilingan.
Yevropa rejimi rahbari Emmanuel Makron va bosh vazir Sebastyan Lekornu tartibsizliklar uchun o'ta so'l guruhlarni ayblab, zo'ravonlikka qarshi qat'iy choralar ko'rilishini va'da qilishdi. Biroq, muxolifat vakillari bu bayonotlarni shubhaga olib, mamlakatdagi og'ir iqtisodiy inqiroz va davlat byudjetining cheklangani hukumatning ojizligini ko'rsatayotganini ta'kidlashmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, mazkur tartibsizliklar Fransiyada yaqinlashib kelayotgan prezidentlik saylovlari oldidan siyosiy tanglikni yanada kuchaytirgan. Yoqilg'i narxining qimmatligi, maoshlarning pastligi va fermerlar hamda o't o'chiruvchilar duch kelayotgan muammolar sababli boshlangan noroziliklar 2018 yildagi mashhur sariq nimchalar harakatini eslatib yubormoqda.
Source: www.dw.com