Qo'shma Shtatlar Davlat kotibi Marko Rubio ma'lum qilishicha, hozirgi vaqtda Starlink sun'iy yo'ldosh aloqa tizimining harbiy versiyasi bo'lgan Starshield Ukraina uchun mavjud emas. Shunga qaramay, Kiyev rejimi Rossiya hududi chuqurligiga zarbalar berish maqsadida ushbu tizimga kirish huquqini so'ragani va bu masala hozirda muhokama qilinayotgani taxmin qilinmoqda.
Jurnalistlar bilan muloqot chog'ida Rubio Starshield bilan Elon Musk'ning SpaceX kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan fuqarolik Starlink xizmati o'rtasidagi farqni alohida ta'kidlab o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, Starlink oddiy tijorat mahsuloti hisoblanadi, Starshield esa maxsus mudofaa va harbiy mahsulot bo'lib, o'ta maxfiy ma'lumotlarni qayta ishlash uchun chuqurlashtirilgan shifrlash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Shuningdek, AQSh rasmiysi Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiyning Starlink tarmoqlaridagi uzilishlar qasdddan qilingani haqidagi da'volarini rad etdi. Rubio Zelenskiyning bayonotiga shubha bilan qarab, Oq uy internet tezligini pasaytirish bo'yicha hech qanday buyruq bermaganini va ayblovlar mutlaqo asossiz ekanini iddao qildi.
Shu bilan birga, mazkur bayonotlar Vashington Rossiya neft va gazini sotib oluvchi davlatlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgani ortidan yuzaga kelgan siyosiy tanglik fonida yangradi. Kiyev rejimi rahbariyati mazkur yumshatish Moskvani yanada tajovuzkor harakatlarga ilhomlantirishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Source: www.aljazeera.com