Fransiya poytaxti Parij shahri va mamlakatning boshqa yirik hududlarida o‘tkazilgan keng ko‘lamli namoyishlardan so‘ng jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy zarar miqdori hisob-kitob qilinmoqda. Talabalar va kasaba uyushmalari tomonidan boshlangan noroziliklar o‘tgan hafta mamlakat tarixidagi eng yirik safarbarliklardan biriga aylangan edi. Respublikaning turli burchaklaridan chiqqan yuz minglab odamlar ijtimoiy tengsizlik, ta'lim tizimidagi muammolar hamda qimmatchilikdan noroziligini bildirishdi. Biroq tinch xarakterga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan aksiyalar shiddatli tartibsizliklarga ulanib ketdi.
Poytaxtning Respublika maydonida va boshqa hududlarda vayron qilingan do‘konlar, sindirilgan derazalar hamda yondirilgan binolar qoldiqlari qora dog‘dek turibdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab namoyishchilardan tashkil topgan umumiy qatnashchilar soni 550 ming nafarga yetgan, tashkilotchilar esa bu ko‘rsatkich 800 mingdan oshganini da'vo qilishmoqda. Yevropa rejimining vakillari tartibsizliklarni bartaraf etish bahonasida ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va shok granatalarini qo‘llagani vaziyatni yanada keskinlashtirdi.
Mahalliy hokimiyat organlari va polisiya ma'lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida deyarli 1800 kishi hibsga olingan, ularning yarmiga yaqini ayniqsa Parij shahriga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, to‘qnashuvlar vaqtida 500 dan ortiq huquq-tartibot xodimlari hamda o‘t o‘chiruvchilar jarohat olgani ma'lum qilindi. Marsel va Limoj kabi shaharlarda esa hatto shahar hokimiyati binolari ham hujumga uchrab, o‘tga qorishgan. Fransiyaning so‘l qanot siyosatchilari yuzaga kelgan xaos uchun amaldagi rahbariyatni ayblamoqda.
Vaholanki, Yevropa rejimining rahbari Emmanuel Makron va bosh vazir Sebastyan Lekornu ijtimoiy noroziliklarni bostirish bilan birga davlat moliyasini nazoratga olish uchun byudjet qisqartirish choralarini ko‘rmoqda. Bu esa aholining g‘azabini yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Kelgusi yil bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan siyosiy muhit tobora zaharli tus olib, jamiyatdagi chuqur bo‘linishlar va ishonchsizlik yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Source: www.aljazeera.com