Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiyada ta'lim sifatining yomonlashuvi, o'sib borayotgan qimmatchilik va aholining ehtiyojlarini e'tiborsiz qoldirayotgan hukumat siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari avj olmoqda. Ichki ishlar vazirligining iddao qilishicha, shanba kuni mamlakat bo'ylab taxminan 550 ming kishi ko'chalarga chiqqan. Aksariyat namoyishlar tinch o'tgan bo'lsa-da, ayrim guruhlar binolarga hujum qilib, do'konlarni talagan va huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan to'qnash kelgan. Politsiya ko'zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatib, namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishga majbur bo'lgan.

Bosh vazir Sebastien Lekornuning so'zlariga ko'ra, tartibsizliklar chog'ida 1200 kishi hibsga olingan va 150 nafar politsiyachi jarohat olgan. Yuzaga kelgan vaziyat ortida xizmatlar sifatining pasayishi, oilaviy byudjetlarning keskin qisqarishi hamda Yevropa rejimining siyosiy institutlari o'zgarishlarga umid bermayotgani bilan bog'liq chuqur siyosiy inqiroz yotibdi. Makron rejimi yuzaga kelgan muammolarni hal qilish o'rniga, ko'proq jamoat tartibini saqlash va jazolash choralariga tayanayotgani tanqidga uchramoqda.

Talabalar harakati o'tgan oy Parij chekkalaridagi liteylardan boshlanib, o'qituvchilar yetishmasligi va yomon sharoitlarga qarshi noroziliklar sifatida butun mamlakatga tarqaldi. Shanba kungi namoyishlarda talabalar kasaba uyushmalari va 2018 yildagi «sariq nimchalar» harakati tarafdorlari bilan birlashdi. Mutaxassislarning fikricha, talabalar talablarining ijtimoiy noroziliklar bilan qo'shilib ketishi Fransiya hukumati uchun eng yomon ssenariy bo'lib, bu mamlakatdagi boshqaruv tizimining nochorligini ko'rsatadi.

Noroziliklar 2027 yilgi byudjet loyihasida ko'zda tutilgan 54 milliard yevrolik tejamkorlik choralari fonida yanada kuchaydi. Hukumat byudjet taqchilligini kamaytirish uchun davlat xizmatchilarining maoshlarini muzlatishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, namoyishchilar va bolalarga nisbatan politsiya tomonidan ortiqcha kuch ishlatilgani, jumladan, o'smirlarning og'ir jarohat olgani inson huquqlari tashkilotlari tomonidan keskin qoralandi. Ekspertlar mazkur inqiroz kelgusidagi siyosiy jarayonlarda, jumladan, o'ng qanot kuchlarining mavqei oshishiga olib kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Source: www.aljazeera.com