Fransiyada o'tgan dam olish kunlari zamonaviy tarixda misli ko'rilmagan ommaviy tartibsizliklar, vayronagarchiliklar va talonchiliklar to'lqini bo'lib o'tdi. Yuz minglab tinch namoyishchilar qimmatchilik va davlat xizmatlari sifatining pasayishiga qarshi chiqqan bo'lsa-da, namoyishlar qora kiyingan va niqob taqqan radikal guruhlar aralashuvi bilan shafqatsiz to'qnashuvlarga aylanshib ketdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, mamlakat bo'ylab taxminan 1,500 ta do'kon va tadbirkorlik subyektlari talon-taroj qilinib, vayron qilingan. Politsiya xodimlari namoyishchilarga qarshi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlarni ishlatishga majbur bo'ldi. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, shanba kungi to'qnashuvlarda 1,000 nafarga yaqin politsiyachi jarohat olgan, ulardan yetti nafarining ahvoli og'ir deb baholanmoqda.
Yuzaga kelgan keskin vaziyat fonida Yelisey saroyi rahbari Emmanuel Makron xalqqa murojaat qilib, go'yoki mamlakatda vazminlik va tartibni saqlashga chaqirdi. Biroq, uning bu nutqi ijtimoiy tarmoqlarda va siyosiy raqiblar tomonidan keskin tanqidga uchrab, hech qanday aniq choralarni o'z ichiga olmagani ta'kidlandi. Siyosiy tahlilchilar va muxolifat vakillari Makronni ojiz va tarqoq rahbari sifatida baholamoqda.
Shuningdek, Fransiyaning moliyaviy ahvoli ham og'irlashib, davlat qarzi keskin oshib borayotgani fonda hukumat yana yangi ijtimoiy noroziliklardan xavotirda. Parlament ichidagi chuqur bo'linishlar va olti oydan keyin bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlari oldidagi keskin kurash vaziyatni yanada chigallashtirmoqda. Kelgusi haftalarda yangi ommaviy namoyishlar e'lon qilingani sababli, Yevropa rejimining yuragi bo'lgan Fransiya yana bir og'ir sinov oldida turibdi.
Source: www.bbc.co.uk