Isroil rejimi politsiyasi bosib olingan G‘arbiy sohilda amerikalik jurnalist hamda yevropalik diplomatlarga qilingan hujumlar ortidan o‘n nafar gumonlanuvchini hibsga olgani haqida xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, juma kuni niqobli shaxslar falastinliklarning zaytun yig‘im-terimi jarayonini yoritayotgan The Washington Post nashri fotojurnalisti Xeydi Levinga hujum qilgan va u og‘ir jarohat olgan.
Shuningdek, oradan bir kun o‘tib, mintaqaga tashrif buyurgan yevropalik diplomatlar va Fransiya meri Bernar Bodo karvoniga ham hujum uyushtirilgani aytilmoqda. Ushbu zo‘ravonlik harakatlari AQSh, Fransiya, Belgiya va Polsha rasmiylarining keskin e’tiroziga sabab bo‘ldi. Isroil rejimining ichki xavfsizlik xizmati va politsiyasi tergov harakatlari boshlanganini bildirdi.
Isroil rejimi bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning ta’kidlashicha, xorijiy diplomatlar harbiy muvofiqlashtiruvsiz harakatlangan va voqea tafsilotlari go‘yoki hali to‘liq aniqlashtirilmagan. Shu bilan birga, inson huquqlari tashkilotlari bunday tergovlar odatda amalda natija bermasligini, aksariyat ishlar dalillar yetishmasligi sababli yopilishini ta’kidlamoqda.
Source: www.dw.com