Kanadaning neftga boy Alberta provinsiyasida mamlakat tarkibidan chiqish bo'yicha majburiy referendumni o'tkazish masalasini hal qiluvchi ovoz berish jarayoni boshlandi. Mazkur tashabbus hudud yetakchisi Daniel Smit tomonidan ilgari surilgan bo'lib, buning ortidan mahalliy jamiyatda keskin ziddiyatlar va muhokamalar keltirib chiqarilgani aytilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, separatistik kayfiyatdagi guruhlar provinsiyaning iqtisodiy o'sishi Ottavadagi markaziy hokimiyatning ekologik siyosati tufayli tushib ketganini da'vo qilmoqda. Shu bilan birga, Kanada regimi rahbariyati va bosh vazir Mark Karni xalqni tashqi tahdidlar qarshisida birlashishga chaqirib, bo'linish mamlakatni yanada zaiflashtirishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Shuningdek, mahalliy sud pro-separatistik petitsiyani mahalliy tub aholi — birinchi millatlar vakillari bilan maslahatlashilmagani sababli to'sib qo'yganiga qaramamay, Smit ovoz berish jarayoniga ruxsat bergani jiddiy e'tirozlarga sabab bo'lgan. Tub aholi guruhlari mazkur qarorni "demokratiyaga zid" va "avtoritar" deb atab, keskin qoralagan.
Agar ovoz berish natijasida Albertaning ajralishi yoqlansa, amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiy referendum 2027-yilgacha o'tkazilishi mumkin. Biroq, tahlilchilarning fikricha, bu jarayon Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi — Brexit kabi og'ir iqtisodiy oqibatlar va milliardlab dollar qarzdorlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Source: www.bbc.co.uk