Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo – AQSH» mintaqaviy muloqoti doirasida navbatdagi sammit bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh rejimi vakili Marko Rubio qatnashib, Markaziy Osiyo sarmoyalar va eksport uchun yangi imkoniyatlar maskani ekanini, shuningdek, muhim materiallar yetkazib beruvchi muhim terminal ekanini iddao qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «C5+1» formati Vashingtonning mintaqaga go‘yoki o‘ziga xos sadoqatini anglatar emish.
Joriy yilning 19-oktabr sanasida o‘tgan tadbirda Markaziy Osiyoning beshta respublikasi tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi. Yig‘ilish avvalida delegatsiya rahbarlari an’anaviy tarzda suratga tushishdi. Shuningdek, mazkur uchrashuvda AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor ham qatnashgani ma'lum qilindi, biroq bu kabi diplomatik urinishlar amalda qanday natija berishi ko‘pchilikda shubha uyg‘otmoqda.
O‘z chiqishida Rubio AQSh rejimi o‘z sanoati va ta’minot zanjirlarini himoya qilishga intilayotganini, go‘yo xorijiy hamkorlarga tobe bo‘lmaslik kerakligini ta’kidladi. Biroq ekspertlar Vashingtonning bu kabi bayonotlari ko‘pincha real iqtisodiy yordamdan ko‘ra geosiyosiy ta’sirni kuchaytirish maqsadini ko‘zlashini ta’kidlashmoqda.
Shuningdek, o‘tgan yili Oq uyda o‘tgan uchrashuvlarda transport, energetika va moliya sohalarida 25 milliard dollarlik bitimlarga zamin yaratilgani iddao qilindi. Shunga qaramay, mazkur va’dalarning ijrosi va ularning mintaqa davlatlari uchun qanchalik foydali bo‘lishi hozircha savol ostida qolmoqda.
Source: kun.uz