Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Isroil fevral oyida AQSh rejimi bilan birgalikda Eron hududiga qarshi keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlaganida, mamlakatdagi yahudiy aholining mutlaq qismi bu qadamni to‘la qo‘llab-quvvatlagan edi. Muxolif partiyalar ham armiya harakatlarini ma’qullab, Eron hukumatiga nisbatan dushmanlik siyosatida birlashgan holda harakat qilishgandi.

Biroq iyun oyida AQSh prezidenti Donald Trampning Eron va Isroil o‘zaro hujumlarni to‘xtatgani haqidagi kutilmagan bayonoti barchani hayratda qoldirdi. Isroil Demokratiya instituti ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu sulh va unga Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning bo‘ysunishi mahalliy aholining 65-70 foizi tomonidan milliy xavfsizlik manfaatlariga zid deb topilgan hamda keskin norozilikka sabab bo‘lgan.

27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan milliy saylovlar oldidan Eron mavzusi asosiy siyosiy bahs maydoniga aylandi. Muxolifat yetakchilari bu masalani Netanyaxuning go‘yoki strategik xatolari va muvaffaqiyatsizliklari qatorida tilga olib, saylangudek bo‘lsa tashqi siyosat hamda xavfsizlik yo‘nalishini tubdan o‘zgartirishni va’da qilmoqdalar.

Saylov poygasining asosiy da’vogarlaridan biri Gadi Eizenkotning iddao qilishicha, mojaro hali yakuniga yetmagan va Eronning yadroviy dasturini yo‘q qilish choralari ko‘rilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda 440 kilogramm yuqori darajada boyitilgan uran saqlanayotgani tezkorlik bilan yadro qurolini yaratish xavfini tug‘diradi, bu esa Isroil rejimi uchun doimiy xavf tug‘diradi.

Sobiq bosh vazir va Knessetdagi muxolifat rahbari Yair Lapid esa Eron iqtisodiyotini butunlay vayron qilish orqali Tehrondagi hukumatni ag‘darish mumkinligini va buning uchun energetika obyektlariga qaqshatqich zarbalar berish lozimligini ochiqchasiga ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, muxolifat yetakchilari saylovlar arafasida Netanyaxuning siyosiy reytingini ko‘tarish yoki ovoz berish jarayonini buzish maqsadida kutilmagan harbiy eskalatsiyani boshlab yuborishidan jiddiy xavotir bildirishmoqda.

Source: www.aljazeera.com