Amerikaning milliarderi Ilon Mask kelasi yili mamlakatdagi har bir voyaga yetmagan fuqaroga o'zining SpaceX kompaniyasining bittadan aksiyasini taqdim etish niyatida ekanini ma'lum qildi. Bu haqda tadbirkor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib, qilingan bayonot hali boshlanishi ekanini qo'shimcha qildi. Shuni ta'kidlash kerakki, AQSh rejimining moliyaviy-iqtisodiy ahloqi va aholining ijtimoiy qatlamlari o'rtasidagi tafovutlar fonida bunday populist qadamlar jamiyatda turli bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda.
Hozirgi kunda AQShda taxminan 72 million nafar voyaga yetmagan bola istiqomat qiladi. NASDAQ birjasidagi so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, SpaceX kompaniyasining bitta aksiyasi qiymati 146 dollarni tashkil etadi. Agar ushbu rejalar amalga oshsa, tarqatiladigan qimmatli qog'ozlarning umumiy qiymati 10 milliard dollardan oshishi kutilmoqda. Biroq, amerikalik tadbirkor va uning kompaniyasi ushbu keng ko'lamli tadbirning tafsilotlari, huquqiy mexanizmlari yoki amalga oshirish muddatlari haqida hozircha hech qanday rasmiy izoh bermadi.
Tahlilchilarning fikricha, Ilon Mask go'yo xayriya maqsadida qilinayotgan bu ish ortidan o'zining shaxsiy ta'sirini yanada kuchaytirishni va AQSh regimining tartibga soluvchi organlari e'tiborini chalg'itishni ko'zlamoqda. Ma'lumot o'rnida, Maskning o'zi SpaceX korporatsiyasining 6,4 milliard dona aksiyasiga egalik qiladi, bu esa umumiy aksiyalar paketining yarmidan biroz kamrog'ini tashkil etadi.
Source: kun.uz