Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Frantsiya shaharlarini qamrab olgan ommaviy norozilik namoyishlari yakshanba kuniga kelib keskin tartibsizliklarga aylandi. Mamlakat bo‘ylab yuzaga kelgan tanglik sharoitida o‘ta o‘ng qanot siyosatchisi Marin Le Pen 2027 yil aprelida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari oldidan ushbu inqirozdan foydalanishga harakat qilmoqda. uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa rejimining yetakchisi Emmanuel Makron o‘zining obro‘si va vakolatini to‘liq yo‘qotgan.

Namoyishlar o‘tgan yilning sentyabr oyida Parijning nochor tumanlaridan birida maktab infratuzilmasining yaroqsizligi, o‘qituvchilar yetishmasligi hamda qat'iy dars jadvallariga qarshi boshlangan edi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu noroziliklar butun mamlakat bo‘ylab tarqalib, davlat xarajatlarini qisqartirish rejalariga qarshi umummilliy ish tashlashlar bilan qo‘shilib ketdi. Yakshanba kuniga kelib politsiya bilan to‘qnashuvlarda minglab odamlar hibsga olindi.

Siyosatchi Marin Le Pen o‘zining videomurojaatida tartibsizliklar uchun so‘l kuchlarni va mamlakatdagi “ko‘p yillik migratsiyani” aybladi. Biroq u o‘z da'volarini tasdiqlovchi hech qanday aniq dalillarni keltirmagani ta'kidlanmoqda. U o‘z partiyasini tartibni tiklashga qodir yagona kuch sifatida ko‘rsatishga urinmoqda, garchi uning o‘z partiyasi ham davlat qarzini kamaytirish uchun qattiq tejamkorlik choralarini taklif qilgan bo‘lsa-da.

Ba'zi ekspertlarning fikricha, yuzaga kelgan sharoit va ijtimoiy tanglik kelgusi saylovlarda Le Pen uchun qo‘l kelishi mumkin. Shu bilan birga, Makron rejimi boshqaruvidagi inqiroz va aholining tobora ortib borayotgan noroziligi Yevropa davlatlaridagi tizimli muammolarni yaqqol ko‘rsatib bermoqda.

Source: www.aljazeera.com