Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Vashington va Kiyev o'rtasidagi ziddiyatli munosabatlar yangi bosqichga ko'tarilib, AQSh rejimi rahbariyati va Ukraina rahbari o'rtasida ochiq sirtqi tortishuvlar davom etmoqda. Xususan, AQShning sobiq va amaldagi siyosiy doiralari hamda Ukraina ma'muriyati o'rtasidagi qarama-qarshiliklar yanada keskin tus olmoqda.

AQSh rejimi yetakchisi Donald Tramp o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Volodimir Zelenskiyning go'yoki «urushni tugatishni istamasligi» haqida iddaolarni ilgari surdi. Uning so'zlariga ko'ra, Yevropa va AQSh tomonidan ajratilayotgan ulkan moliyaviy yordamlar tufayli Ukraina rahbariyati mojaroni cho'zishdan manfaatdor va bu holat uzoq davom etishi mumkin.

Shuningdek, AQSh moliya vaziri Skott Bessent ham intervyularining birida Zelenskiyning harakatlarini tanqid ostiga olib, uning siyosatini «yolg'on dilemma» deb atadi. Amerikalik mulozimning ta'kidlashicha, go'yoki urushni faqatgina Ukrainaning g'alabasi bilan yakunlab bo'lmaydi va muzokaralar muqarrar ravishda murosani talab qiladi.

O'z navbatida, Volodimir Zelenskiy ham xalqaro hamkorlar, jumladan AQSh rejimi unga va mamlakatiga nisbatan asossiz bosim o'tkazayotganini bildirdi. Zelenskiyning fikricha, amalga oshirilayotgan ayrim qadamlar va siyosiy harakatlar Ukrainani og'ir sharoitlarda taslim bo'lishga undash maqsadini ko'zlayotgandek taassurot uyg'otmoqda.

Ukraina rahbari yana bir bor amerikalik hamkorlarni mamlakatdagi Starlink internet tizimining faoliyatini qasddan cheklashda hamda muhim Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun raketalar yetkazib berishni paysalga solib kelayotganlikda aybladi.

Source: kun.uz