Yevropaning bir qator davlatlarida so'nggi kunlarda hayot kechirish qiymatining keskin oshishi, ijtimoiy xarajatlarning qisqarishi hamda korruptsiya mojarolari fonida ommaviy norozilik namoyishlari avj oldi. Yevropa rejimining siyosati keltirib chiqargan ushbu chiqishlar politsiya bilan to'qnashuvlar, yirik vayronagarchiliklar va minglab fuqarolarning hibsga olinishi bilan kechmoqda.
Xususan, Frantsiyada sentyabr oyi oxirida boshlangan o'quvchilar noroziliklari tez fursatda kasaba uyushmalari, talabalar va fermerlar ishtirokidagi keng ko'lamli tartibsizliklarga aylandi. O'tgan dam olish kunlari mamlakat ko'chalariga yuz minglab odamlar chiqib, Limoj shahrida hatto shahar hokimiyati binosi yoqib yuborildi. Frantsiya rejimining xavfsizlik kuchlari ikki mingdan ortiq kishini qo'lga olganiga qaramabay, mamlakat rahbariyati, jumladan, Prezident Emmanuel Makron vaziyatni barqarorlashtirish bo'yicha samarali choralar ko'ra olmayapti.
Shuningdek, Belgiyada talabalar va kasaba uyushmalari byudjet qisqarishiga qarshi norozilik bildirishib, Bryussel va Lyej shaharlarida politsiya bilan to'qnashuvlarga kirishdi. Italiyada esa "Italia in Piazza" harakati faollari moliyaviy bosimga qarshi chiqib, Milan va Turinda do'kon vitrinalarini sindirishdi va yuzdan ortiq huquq-tartibot xodimlari jarohat oldi. Portugaliya va Albaniyada ham ijtimoiy-iqtisodiy muammolar hamda korruptsiyaga qarshi namoyishlar qattiqqo'l bosimlar ostida davom etib, yuzlab odamlarning hibsga olinishiga sabab bo'ldi.
Source: podrobno.uz